Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Oltiariq tumani

 2022-11-14 11:45:38    1090

PDF yuklash
Chop etish


Oltiariq tumanida– Hozirgi kunda 72 ta mahalla majud bo’lib, aholisoni
220 ming kishini tashkil etadi. Oilalar soni 62 700 tani, xonadonlarsoni
38 600 tani tashki etadi.

Ta’lim muasasalari haqida ma’lumot

Tumanda 47 ta umumiy o’rta ta’lim maktabi bo’lib, ularda
37430 nafar o’quvchilar tahsil olmoqda. So’ngi besh yilda 1 ta texnikum va 2 ta kasb-hunar maktablari hamda 2 ta harbiy ta’lim maktablari tashkil etildi.

Mazkur ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan 3226 nafar o’qituvchilarning 2 766 nafari (85.7%) oliy ma’lumotli, 460 nafari (14.3 %) o’rta maxsus ma’lumotli o’qituvchilar tashkil etadi.

Tumanda hozirgi kunda 171 ta maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyat yuritib kelmoqda. Ularda 12885 nafar bolalar tarbiyalanmoqda. Bog’cha yoshidagi bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalaridagi qamrov darajasi 80.1% tashkil qiladi. (5yil oldingi qamrov darajasi 38.4% tashkil etgan.)

Aholini uy-joy bilan ta’minlash

Oltiariq tumanida 2021 yil davomida 12 ta ko’p qavatli uylar qurilib,
346 ta xonadon foydalanishga topshirildi.

Oltiariq tumanida 2022 yil davomida 14 ta ko’p qavatli uylar qurilishi va 410 ta xonadon foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Sog’liqni saqlash bo’limi ma’lumotlari

Tumanda 8 ta davolash profilaktika muassasalari (1 ta ko’p tarmoqli markaziy poliklinika, 6 ta oilaviy poliklinika hamda 2 ta shifoxona) mavjud.

Tumanda 24 ta xususiytibbiyot klinikalari hamda lobaratoriyalari mavjud. (so’ngi 5 yil ichida 12 ta yangi tashkil etildi.)

Ushbu davolash-profilaktika muassasalarida 219 nafar shifokor,
1400 nafar o’rta tibbiyot hodimlari faoliyat olib bormoqda.

Aholini bandligini ta’minlash

Oltiariq tumanida 2022 yilda Katput MMTP xududida o’zlashtirilmagan qir-adirliklardagi 1000 ga yer maydonida uzumzorlar tashkil etish va foydalanish uchun aholiga topshirish rejalashtirilgan. Loyixaning umumiy qiymati 100 mlrd. so’m bo’lib, har bir fuqaroga 0.25 ga dan yer maydoni bo’linib, 4000 ming ta yangi dexqon xo’jaliklari tashkil etiladi. Tashkil etilgan dexqon xo’jaliklarini “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” dagi ishsiz fuqarolarga ajratib berish orqali 8000 ming ta yangi ish o’rni yaratilishi rejalashtirilgan. Sug’orish uchun 24 ta tik quduq qazib, tomchilatib sug’orish yo’li orqali suv bilan ta’minlanadi.Uzumzorlar xosilga kirganda bir yilda 7.0 ming tonna uzum xosili yetishtirilishiga erishiladi. Hozirda pudratchilar tomonidan tokzorlar qurish ishlari jadal ketmoqda.Dexqon xo’jaliklarini yuritish kooperatsiya asosida tashkil etiladi.Xar bir fuqaroga tokzorlar xarajati uchun 25 million so’mgacha imtiyozli kredit mablag’lari 7 yil muddatga, 3 yil imtiyozli davri bilan xokim yordamchilarining tavsiyasiga asosan ajratiladi.

SHuningdek so’ndi besh yil ichida tumanda Hunarmandlar markazi, Yashil hiyobon IT markazi, sport inshoatlari va maydonchalari barpo etildi. Tuman Madaniyat markazi qaytadan ta’mirlanib, zamon talabiga javob beradigan
450 o’rinli tadbirlar zali foydalanishga topshirildi. 15 ta sport maydonchalari, 4 ta sport zallari, 9 ta  davlat bog’chalari, 4 ta davlat sherikchiligidagi bog’chalar, 122 ta uy bo’g’chalar ochildi.