Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Oltiariq tumani tarixi

 2022-11-14 11:31:51    808

PDF yuklash
Chop etish


Oltiariq tumani - Fargʻona viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Jan.dan Fargʻona, shim.dan Namangan viloyati, gʻarb va shim.gʻarbdan Rishton, Buvayda hamda Bagʻdod, shim.-sharkdan Oxunboboyev, Yozyovon tumanlari va jan.dan Qirgʻizistonning Qadamjoy tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,63 ming km². Aholisi 220 ming kishi (2022). Oltiariq tumanida 1 shahar (Tinchlik), 1 shaharcha (Oltiariq), 72 mahalla fuqurolar yeg’ini bor. Markazi — Oltiariq shaharchasi.

Tabiati. Tuman hududining jan. adirlar, soylarning yoyilmalari, kumli shoʻrxoklardan iborat. Adirlar va adir etaklarining balandligi 500–700 m. Bu yerlar togʻlardan oqib tushadigan koʻp soylarning qad. konglomeratlaridan — Soʻx svitasi komplekslaridan tarkib topgan (qalinligi 80–200 m). Adirlarning Markaziy Fargʻona tekisliklariga qoʻshilib ketgan qanotlari yoyilma koʻrinishida boʻlib, toshli-shagʻalli, gilli va qumoq jinslardan iborat. Ularning hammasi antropogen davrining turli yoshdagi yotqiziqlaridir. Shim. qismining relyefi keng tekislik boʻlib, yuzasini qum, gil, oʻnlab m chuqurlikda toshli-shagʻalli jinslar qoplab yotadi. Ularning tagida 400 m kalinlikda paleogen davrining karbonatli dengiz choʻkindilari bor. Iklimi quruq, sershamol, bahor va kuzda shamol boʻladi (tezligi sekun-diga 12–15 m). Yillik oʻrtacha temperatura18°, iyulda 31—40°, eng yuqori temperatura 55°, yanvarda oʻrtacha temperatura —2°, eng past temperatura —23°. Vegetatsiya davri 210 kun. Yillik yogin 100–180 mm. Adir va adir etaklarida och boʻz, toʻq boʻz, qoʻngʻir boʻz, markaziy va shim. qismida oʻtloqi, oʻtloqibotqoq shoʻrxok tuproklar tar-qalgan. Yovvoyi oʻsimliklardan adirlarda shuvoq, bahorda efemer va efemer-oidlar, markaziy va shim. qismidagi qumliklarda shoʻra, yulgʻun, selin, yan-toq va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, quyon, tulki, olmoxon, tipratikan, oʻqilon, chiporilon, burgut, boyoʻgʻli, kalxat, qiygʻir va boshqa bor. Tumanning ekin maydonlari Oltiariqsoy, Jan. Fargʻona, Katta Fargʻona, Katta Andijon, Soʻx-Shohimardon kanallaridan suv oladi. „Qoʻrgʻontepa“, „Keng koʻl“ suv omborlari qurilgan. Choʻl qismida yirik mineral suv havzasi bor.