Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Oltiariq tumani Maktabgacha ta’lim bo‘limi mudirining MUROJAATI
2022-10-07 18:30:22 282
Assalomu aleykum! Xurmatli ota-onalar.
Farzand Alloh tomonidan berilgan eng aziz ne’matdir. Uning sog‘lig‘I va xavfsizligi ota-onaning boyligidir.
Hozirgi kunda bolajonlar hayotiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan xodisalarni oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining “Maktabgach ata’lim tashkilotlarida bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni tashki letish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qo‘shma qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligigning 2022-yil 12-sentabrdagi 196-sonli buyrug‘I ishlab chiqildi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning rivojlanishi, ta’lim va tarbiya olishi uchun xavfsiz shart-sharoitlar yaratilmoqda. Tarbiyalanuvchilarning hayotini muhofaza qilish maqsadida yong‘in xavfsizligi, favqulodda vaziyatlar, tez tibbiy yordam xizmatlari hamda ichki ishlar organlarining qisqa raqamli telefon raqamlari ko‘rsatilgan ma’lumotlar osib qo‘yildi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari hududiga, ushbu tashkilot tarbiyalanuvchilari va xodimlaridan tashqari boshqa begona shaxslarn ikirib chiqishlarini taqiqlash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga kirish eshiklariga qo‘ng‘iroqlar o‘rnatildi. Bundan tashqari bolajonlarni qarovsiz qoldirilishini oldini olish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar belgilanib, DMTT va DXSHMTTlari rahbarlari ishtirokida ishlab chiqilib amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan kafolat xatlari olindi.
“BOLAJONLARIMIZ – SIZ VA BIZNING KELAJAGIMIZ” xurmatli ota-onalar. Shunday ekan, xavfsizlikni ta’minlashga barchamiz birdek mas’ulmiz. Bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni nazoratga olib, birdek mas’uliyatni xis qilmas ekanmiz, turli ko‘ngilsiz voqealar sodir bo‘lishiga xech kim kafolat bera olmaydi. Qolaversa, salbiy holatlarga yo‘l qo‘yib bergan bo‘lamiz. Bunga misol qilib O‘zbekiston tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan birida tarbiyalanayotgan 4 yoshli bola qarovsiz qoldirilganligi sababli soyda cho‘kib vafot etgan. Qashqadaryo viloyatidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan birida tarbiyalanayotgan 2-3 yoshli qizaloq tez yurar poezd tagiga kirib ketib vafot etgan. Bunday misollardan ko‘plab keltirishimiz mumkin. Bas shunday ekan, Xurmatli ota-onalar. Sizlardan iltimos qilib shuni murojaat qilib aytamanki, farzandlaringizni ta’lim-tarbiyasi, ularning xavfsizligini ta’minlash barchamiz uchun muhim vazifadir.
Sizdan farzandlaringizni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga shaxsan o‘zingiz olib kelib va olib ketishingizni yoki ayrim hollardagina voyaga yetgan yaqin qarindoshlaringizgina (opa,aka) ishonib topshiringizni so‘rab qolaman. .
Xurmatli ota-onalar! Farzandlarimiz taqdiriga befarq bo‘lmaylik.Yurtimiz ravnaqi va kelajagi bo‘lgan farzandlarimizni asrab-avaylaylik.