Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 44 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ASAD – EKINNI YASHNATIB, HOSILGA HOSIL QO’SHADIGAN OY

×

 2022-08-03 15:09:04    347

PDF yuklash
Chop etish


Bir umr qishloq xo’jaligi sohasida mehnat qilgan otam «Dehqonchilikda g’irromlik ketmaydi, yerga mehr bersang, mehr olasan», deya nasihat qilar edi. Bu o’gitga amal qilib, kam bo’lmayapman.


Joriy yilda 32 gektar yerda «Namangan-77» paxta navini parvarishlab, barcha agrotexnik tadbirlarni sifatli bajarib kelyapmiz. Farg’ona politexnika instituti olimlari bilan hamkorlikda paxtachilikda har oylik monitoring ishlari yo’lga qo’yilgan. Bevosita dala maydonlarida tahlillar o’tkazilib, har bir jarayon amaliy va ilmiy tajribani o’zaro uyg’unlashtirgan holda tahlil etiladi.

Bugun paxtachilik ilmini yaxshi egallamagan fermer zamondan orqada qolishi, ko’zlangan hosilni ola bilmasligi aniq. Ayniqsa, asad oyi – ekinni yashnatib, hosilga hosil qo’shadigan palla. Haqiqatan, yilning shu pallasida g’o’za rosa kuchga to’ladi, ko’raklari tosh bosadi, gullar ko’rakka aylanib ko’payadi. YEr bilan tillashadigan usta paxtakorlar «Avgust oyida g’o’zani hasharotlardan saqlash, ko’chatni chanqatib qo’ymadik, chilpish ishlarini sifatli o’tkazish kerak», deya qayta-qayta ta'kidlashlari bejiz emas. Asad – hosil taqdirini hal qiladigan oy.

Dastlabki hisob-kitoblarimizga ko’ra, hozirning o’zida har gektar yerda 34-35 tsentner hosil bo’y ko’rsatyapti. Har gektar yerdan kamida 45 tsentnerdan qimmatli sanoat xomashyosini olishni maqsad qilganmiz.

O’tgan yili 10 gektar yerda tomchilatib sug’orish texnologiyasini joriy etgan edik. Bu yil ushbu maydonda kutilganidan ziyoda hosil yetishtirildi. Yaqin istiqbolda xo’jaligimizning daromadi evaziga paxta maydonlarida to’liq tomchilatib sug’orish texnologiyasini qo’llashni rejalashtirganmiz.

Sherzod IBRAGIMOV,

Oltiariq tumanidagi «Sherzod Oltiariq obod» fermer xo’jaligi rahbari.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat