Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XALQ DEPUTATLARI OLTIARIQ TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO’LIB O’TDI
2022-07-26 09:24:56 220
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining 49-sessiyasi bo’lib o’tdi. Unda tuman hokimi Sh.Turdaliyev, sektorlar rahbarlari, tuman Kengashi deputatlari, sessiyadagi masalalarga aloqador boshqa mutasaddi rahbarlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Sessiyada “2022–2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturiga muvofiq Oltiariq tuman Dasturining 2022 yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi to’g’risida”gi;
– “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 avgustdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari o’rinbosarlarining ularga yuklangan vazifalarni bajarishda shaxsiy mas'uliyatini kuchaytirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-5230-sonli qarori ijrosi haqidagi;
– “Oltiariq tuman adliya bo’limining norma ijodkorligi hamda huquqni qo’llash amaliyoti holati bo’yicha 2022 yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlari to’g’risida”gi;
– “Sudlar raislari tomonidan sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari va qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini sud yo’li bilan himoya qilish borasida 2022 yilning birinchi yarim yillik davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar hamda 2022 yil yakuniga qadar amalga oshirilishi belgilangan ishlar (tadbirlar) haqida”gi;
– “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 noyabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6118-son Farmoni ijrosi yuzasidan Oltiariq tuman majburiy ijro byurosi tomonidan 2022 yilning birinchi yarim yillik davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar hamda 2022 yil yakuniga qadar amalga oshirilishi belgilangan ishlar (tadbirlar) haqida”gi;
– “Oltiariq tumani mahalliy byudjetining 2022 yilning birinchi yarim yillik ijrosi hamda shakllangan qo’shimcha manbalardan maqsadli foydalanish haqida”gi;
– “Oltiariq tumanida erta turmush va erta tug’ruq holatlari hamda oilaviy ajrimlar bilan bog’liq holatlarni bartaraf etish, shuningdek, xotin-qizlar muammolarini hal etilishi yuzasidan ko’rilayotgan choralar, 2022 yilning 1-yarim yilligida "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha amalga oshirilgan ishlar to’g’risida”gi;
– "Obod mahalla" davlat Dasturi doirasida "Qiziltepa" va "Bunyodkor" mahalla fuqarolar yig’inlarida 2022 yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar to’g’risida”gi;
– “Oltiariq tumanida 2022 yilning birinchi yarim yilligida "Xizmatlar sohasini rivojlantirish" bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to’g’risida”gi va boshqa masalalar ko’rib chiqildi.
Kun tartibidagi masalalar bo’yicha deputatlarning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi. Sessida ko’rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat