Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XUSH KELDINGIZ, HOJILAR: YUZLARDA ULUG’ ZIYORAT FAYZI, SHUKRONALIK HISSI VA YURT SOG’INCHI

×

 2022-07-22 10:40:09    180

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Oltiariqlik 84 nafar hojilarning barchasi Islom dinining beshinchi ruknini ado etib, sog’-omon yurtimizga qaytib kelishdi. Ular “Osiyo” tantanalar majmuida tuman hokimligi vakillari va tuman faollari, hojilarning yaqin insonlarining hurmat-ehtiromi bilan kutib olindi.


- Shu kunlarga yetkazganiga Allohga ming shukr, Muqaddas Haj ziyoratiga borish nasib qildi, - deydi Chordara mahallasida yashovchi Akmaljon Ishmatov. - Ziyorat amallarini qiynalmay ado etib, yurtimizga, oilamiz bag’riga eson-omon yetib keldik. Biz uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib bergan Prezidentimizga, viloyat hamda tuman hokimligiga katta rahmat. Ilohim, yurtimiz tinch, dasturxonimiz to’kin bo’lsin. Yaratgan Egam, ziyoratimizni o’z dargohiga qabul qilgan bo’lsin.


Hojilar yuzida islomning beshinchi rukni ado etilgani fayzi, shukronalik hissi va yurt sog’inchi ifodasi ufurib turibdi. Ko’tarinki kayfiyatda qaytgan ziyoratchilarimiz yuqori saviyada tashkil etilgan ziyorat uchun barcha tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirdilar.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat