Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
JINOYATLAR MUHOKAMA ETILDI
2022-07-16 17:38:29 245
Oltiariq tuman Madaniyat saroyida o’tkazilgan yig’ilish jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamiyatda xavfsizlik va jamoat tartibini saqlash, fuqarolar hushyorligi va ogohligini oshirish, tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikni ta'minlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish masalalariga bag’ishlandi.
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, tuman ichki ishlar bo’limi hamda tuman hokimligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda tumanda o’tgan 6 oy davomida qayd etilgan jinoyatlar va ularning kelib chiqish sabablari muhokama etildi.
Mahalla fuqarolar yig’inlari raislari, profilaktika inspektorlari hamda mazkur masalaga taalluqli tashkilotlar rahbarlari ishtirokidagi yig’ilishda olti oy davomida sodir etilgan 223 ta jinoyatdan 153 tasining sodir etilishining oldini olish mumkinligi ta'kidlandi.
Ma'ruzachilar tomonidan o’g’irlik, o’rtacha og’ir va yengil tan jarohati yetkazish jinoyatlari oshgani va eng ko’p jinoyatlar Qiziltepa, Bozorboshi, G’ayrat hamda Yangiturmush mahallalariga to’g’ri kelishi aytib o’tildi.
Yig’ilishda, shuningdek, og’ir xayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni aniqlash, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordamlar ko’rsatilishini ta'minlash borasidagi ishlar ham tahlil etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat