Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 64 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ENDILIKDA CHORDARALIKLAR BIR NECHA CHAQIRIM MASOFAGA QATNAB SARSON BO’LMAYDILAR

×

 2022-07-15 15:05:42    230

PDF yuklash
Chop etish


Bugungi kunda tumandagi Chordara mahalla fuqarolar yig’inida 2506 nafar aholi shukronalikda umrguzaronlik qilib kelmoqdalar. Istiqlol sharofati hamda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar natijasida hududda keyingi yillarda bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.


Ichki yo’llarni asfaltlash, shag’allashtirish, toza ichimlik suvi tarmog’ini tortish, qabriston va mahallalarni obodonlashtirish borasidagi ishlar shular jumlasidandir.

Hududdagi qay bir fuqaro bilan suhbatlashmang, bugunidan mamnun, ertangi kunga ishonchi mustahkam. Lekin ularni bir necha yildan buyon bir muammo qiynab keladi. Hududdagi qishloq vrachlik punkti bir necha yildan buyon faoliyat yuritmayotgani bois fuqarolar 4-5 km. uzoqlikdagi qo’shni Yangiarab qishloq vrachlik punktiga boradilar. Bu, albatta, bemor fuqarolarga ovvoragarchilik keltirayotgan edi.


Bugun tuman hokimi Sh.Turdaliyev, tuman IIB boshlig’i, hududdagi 3-sektor rahbari M.Qunduzov, tuman tibbiyot birlashmasi boshlig’i Sh.Buzrukovlar Chordara mahallasidagi qishloq vrachlik punktida bo’lib, jarayonni o’z ko’zlari bilan ko’rdilar.

– Odamlarni hayotdan, xususan, tibbiyotdan rozi qilish oldimizdagi dolzarb vazifalardan biridir. Bu yerni mahalliy hokimlik, sektor va tadbirkorlar homiyligida tez fursatlarda ta'mirdan chiqarib, ishga tushuramiz. Zero, Asosiy maqsadimiz – xalqimizni rozi qilish, odamlarning farovon yashashi uchun barcha imkoniyatlarni yaratishdir. Endilikda Chordaraliklar bir necha chaqirim masofaga qatnab sarson bo’lmaydilar. Tibbiy muolajalarini shu yerda amalga oshiradilar, – dedi tuman rahbari Sh.Turdaliyev.

Bir so’z bilan aytganda, tumanda tibbiyot sohasini yanada rivojlantirish, tibbiy xizmatlar ko’lami va sifatini oshirish bo’yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat