Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“TASHABBUSLI BYUDJET” JARAYONIDA ISHTIROK ETING!
2022-07-13 18:27:06 242
Hurmatli Farg’ona viloyati fuqarolari, sizni qiynab kelayotgan, yechimi mablag’ bilan bog’liq muammolar mavjudmi? Endi ushbu muammolarni hal etish uchun byudjet mablag’lari Sizning tashabbusingiz asosida yo’naltiriladi.
Farg’ona viloyati Moliya bosh boshqarmasi tomonidan olib borilayotgan “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2-masumiga joriy yilning 15 iyulidan start beriladi.
Jarayonda ishtirok etgan holda o’z taklifingizni bildirishingiz yoki Sizning ehtiyojlaringizni aks ettirgan boshqa takliflarga ovoz berishingiz mumkin.
Onlayn ishtirok etish bevosita Moliya vazirligining openbudget.uz “Ochiq byudjet” axborot portali orqali amalga oshiriladi.
Portal orqali Ro’yxatdan o’tish jarayonida Siz ism-sharifingiz, tug’ilgan yilingiz, yashash hududingiz va shu kabi boshqa ma'lumotlarni kiritishingiz va eng asosiysi o’zingiz doimiy ishlatadigan telefon raqamingizni ko’rsatishingiz lozim bo’ladi.
Siz quyidagi yo’nalishlar bo’yicha taklifingizni qoldirishingiz mumkin:
Ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash;
Yoritish tizimini yaxshilash;
Ichki yo’llarni ta'mirlash, shag’allashtirish yoki asfalt yotqizish;
Ijtimoiy soha ob'ektlarini ta'mirlash, jixozlash yoki moddiy-texnik bazasini rivojlantirish;
Jamoatchilik ixtiyoridagi ob'ektlarni ta'mirlash yoki jihozlash.
Taklif qoldirish jarayoni juda ham sodda bo’lib, Siz o’z shaxsiy kabinetingiz orqali qo’shish tugmasini bossangiz va ochilgan sahifaga o’z taklifingiz haqida ma'lumotlarni kiritsangiz bas.
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, bildirilgan takliflarning umumiy qiymati 1,2 mlrd.so’mdan oshmasligi, taklifda yagona ijtimoiy muammo aks ettirilishi hamda taklifning manzili aniq ko’rsatilishi lozim.
Taklif qoldirish va ovoz berish yakuniga ko’ra har bir hududda eng ko’p ovoz to’plagan takliflar g’olib deb topiladi hamda taklifni amalga oshirish uchun mablag’ ajratilishi yuzasidan qaror qabul qilinib, amaliy ishlar boshlanadi.
Tashabbus ko’rsating va “Tashabbusli byudjet” jarayonida faol ishtirok eting. Zero, muammolarni hal etish endi o’z qo’lingizda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat