Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OLTIARIQLIK MIRISHKOR UZUMCHILIK MAKTABINI OCHISH NIYATIDA

×

 2022-07-06 08:04:37    197

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyati Oltiariq tumanida uzum yetishtirish milliy dehqonchilik madaniyati sifatida shakllangani hech kimga sir emas. Ezgu tashabbusga ko’ra, endilikda uzumchilik tarmog’ida Oltiariq tajribasini butun mamlakat bo’ylab ommalashtirish bo’yicha izchil sa'y-harakatlar olib borilyapti.


Yashirishning hojati yo’q, mamlakatimizda uzumchilikda yangi navlar yaratish va jahon bozorida xaridorgir navlarni mahalliylashtirish, uzumni qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, sohaning eksport salohiyatini kuchaytirish borasida hayotiy tajribalarni ilmiy asosda rivojlantirishga katta ehtiyoj bor.

— Ayni shu jihatlarni inobatga olib, Oltiariq uzumchilik maktabini tashkil etishni rejalashtiryapmiz, — deydi tumandagi eng mirishkor uzumchi Husanboy G’ofurov. — Bu tashabbusimizni Oltiariq tumani hokimligi qo’llab-quvvatlab, bir gektar hosildor yer ajratilsa, har yili kamida 100 nafar yoshlarga uzumchilik sir-asrorlarini o’rgatamiz, bu yerda doimiy 10 ta yangi ish o’rni ham yaratiladi. Bu nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlash imkonini beradi.

Husanboy aka qariyb yarim asrdan buyon uzumchilik bilan shug’ullanadi. Hozirgi kunda uning xonadonida «Husayni», «Hasayni», «Rizamat ota», «Kelin barmoq», «Qora shahzoda», «Shohonak» singari o’ndan ortiq uzum navlari parvarishlanadi. E'tiborlisi, oila a'zolari kuzda pishgan uzumni tokdan uzmagan holda keyingi yilning bahorigacha saqlash, uy sharoitida uzoq muddat tabiiy usulda saqlagan holda xaridorlarga yetkazib berish borasida katta tajribaga ega.

— Mahalliy uzum navlarining milliy brendlarini yaratish - eng katta orzum, — deydi u. — Yangi bozorlarni egallash uchun ilmiy asoslangan holda uzum yetishtirish, uning hosildor, danaksiz yangi navlarini ko’paytirishimiz kerak.

Husanboy G’ofurovning fikricha, uzoq muddat tabiiy usulda saqlash uchun uzumning kechroq pishadigan sara navlarini yetishtirish kerak. Natijada aholi xonadonlarida xonavor uzum saqlash va yilning to’rt faslida ham unga bo’lgan talabni qondirish mumkin bo’ladi. Hozircha mahalliy uzum jahon bozorlarida nari-borsa uch yoki to’rt oy sotiladi.

Bu agroturizm doirasida xorijlik va mahalliy sayyohlarni jalb etish, uzumzorlarga ekosayohat uyushtirish,tokzorlardan yilning to’rt faslida ham uzum uzib yeyishni yo’lga qo’yishda qulay sharoit yaratadi.

Botir Madiyorov,

«Xalq so’zi» muxbiri.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat