Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

EHTIYOJMAND OILALARGA BEPUL BUG’DOY TARQATILMOQDA

×

 2022-07-04 20:46:40    248

PDF yuklash
Chop etish


Qurbon hayiti mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik tuyg’ularini o’zida mujassam etganligi bilan barchamiz uchun eng qadrli ayyomdir. Zero, muqaddas bayram kunlari yurtdoshlarimiz bir-birlariga yaxshilik va ezgulik ulashadilar. Ana shu kabi saxovat tadbirlari “Inosn qadri uchun” shiori ostida Oltiariqda ham shu kunlarda keng quloch yoymoqda.


Qurbon hayiti arafasida joriy yilgi g’alla mavsumini uyushqoqlik bilan o’tkazib, ulkan xirmon uyishga erishgan oltiariqlik azmu qat'iy, shijoatli fermerlar o’z fermer xo’jaliklari a'zolariga, hududlarda yashovchi ehtiyojmand oilalarga bug’doy mahsulotlarini beg’araz tarqatmoqdalar.

Bugun tuman hokmi Sh.Turdaliyev va sektor rahbarlari ishtirokida tumandagi 1042 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj, "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"da turuvchi oilalarga 586 tonna bug’doy tarqatildi. Va bu kabi ezgu ishlar davom etmoqda.


– Omborimiz donga to’layotganidan juda xursandman. Inson uchun salomatlik va nondan aziz narsaning o’zi yo’q. Ko’rsatilgan bu yordam dasturxonimizni ancha vaqt obod qiladi. Ilohim, yurtimiz tinch, mamlakatimiz obod bo’laversin. Dehqonlarimizning kishti-korini berib, oziq-ovqat mahsulotlarimiz yanada mo’l bo’lsin. Ko’rsatilayotgan bunday g’amxo’rliklar uchun davlatimizdan behad minnatdormiz, – deya qo’llarini duoga ochdi bir guruh nuroniylar. 

Tumanda ehtiyojmand oilalarga bepul don topshirish ishlari davom etmoqda.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat