Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XIZMAT KO’RSATISH VA TOMORQA XO’JALIGI – “O’SISH NUQTASI”

×

 2022-06-23 09:16:18    337

PDF yuklash
Chop etish


Prezident tashabbusi bilan Qoraqalpog’iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan jadal rivojlantirish maqsadida chora-tadbirlar rejasi belgilandi. Davlatimiz rahbarining 2021 yil sentyabr oyida va joriy yil 23-24 fevral kunlari Qoraqalpog’istonga tashrifi chog’ida ushbu masala batafsil o’rganilib, shahar-tumanlarni mamlakatimiz viloyatlari ko’magi bilan o’zaro hamkorlikda rivojlantirish tavsiya etildi.


Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat mutasaddilari o’tgan yilning dekabr oyidan buyon Qoraqalpog’iston Respub-likasining Bo’zatov tumanida bo’lib, bu yerda amalga oshirilishi zarur bo’lgan ishlar, loyihalar kelishib olindi. Ta'kidlash o’rinliki, farg’onaliklar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ko’lami kundan kunga rivojlanib, tobora keng quloch yozyapti.

O’tgan qisqa fursat ichida hududdagi 750 ga yaqin xonadonlar to’liq xatlovdan o’tkazilib, xizmat ko’rsatish va tomorqadan samarali foydalanish “o’sish nuqtasi” sifatida belgilandi.

Kam ta'minlangan, ehtiyojmand, ishsiz, tadbirkorlik qilish istagida bo’lgan aholi qatlami alohida toifalar bo’yicha ro’xatga olindi. Shu asosda shaharcha fuqarolar yig’inining “yo’l xaritasi” ishlab chiqildi.

O’z biznesini yo’lga qo’ymoqchi bo’lgan 25 ta oilaga tijorat banklaridan imtiyozli kreditlar olib berildi. Shaharcha markazida, “Hunarmandlar alleyasi”da o’nlab istiqbolli biznes-loyihalarni hayotga tatbiq etish bo’yicha kelishib olindi.

Shaharcha ko’chalarida Oltiariq tajribasi asosida uzum toklari tashkil etilgan bo’lsa, aholi tomorqalariga Quva tumanidan keltirilgan mevali ko’chatlar ekildi. Umuman olganda, Farg’ona viloyatidan kelgan do’stlarimiz yordamida har bir oila tomorqasidan foydalanish borasida mahorat darslari o’tkazildi. Tomorqalari va uzum toklari ostiga ertaki kartoshka, rediska, bulg’or qalampiri, karam, turli ko’katlar ekilib, xalqimiz allaqachon ilk hosildan bahramand bo’lmoqda.

Qutlimurod Jonibekov oilasida 4 kishi istiqomat qiladi. Farg’onaliklar tomonidan qurilgan issiqxonaga pomidor ekildi. Ko’chadagi so’ritok tagida bodring, bulg’or qalampiri parvarishlanyapti. O’z navbatida, viloyat ahli tomonidan berilgan ikki bosh qo’y, besh yuz ta jo’ja boqishga mo’ljallangan miniinkubatoriy oila a'zolarini muqim daromad manbai bilan ta'minlaydi.

Reyimbay Ismamuratov oilasi ham Farg’ona tajribasi bo’yicha parrandachilik tarmog’ini yo’lga qo’ydi. Hozirgi kunda xonadonda vodiydan keltirilgan 1000 taga yaqin jo’jalar boqilyapti. Shu tariqa mazkur yumush orqali xonadon bekasi, ikki nafar qo’shni ayolning doimiy bandligini ta'minlashga erishildi.

Abduxayr Abdukarimov tomorqachilikka juda qiziqadi. Oltiariqdan keltirib ekilgan uzum ko’chatlarini mehr bilan qarayapti. Oltiariqlik mirishkorlar o’zlari olib kelgan beton tayanch ustunlarni shunday qulay tartibda joylashtirishdiki, uzum hosilga kirgunga qadar uning ostidan bemalol qo’shimcha ekinlardan daromad olib turish mumkin. Hozir kunda uzum toki tagida bulg’or qalampiri, baqlajon ilk hosil nishonalarini ko’rsatib qoldi.

Bu kabi xonadonlarning ko’chadagi bo’sh yer maydoni qurib-qaqshab, axlat uyumi yig’ilib yotardi. Endi ko’rgan ko’zni quvnatadigan darajada obod va ko’rkam joyga aylanib bormoqda. Eng asosiysi, tomorqadan samarali foydalanish borasida har bir xonadonda ishtiyoq, g’ayrat-shijoat paydo bo’ldi. Har bir oilada tadbirkorlik ko’nikmasi shakllanib borayotgani eng katta yutug’imiz.

Nurlan JANDULLAYEV,

“Bo’zatov” shaharcha fuqarolar yig’ini bo’yicha hokim yordamchisi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat