Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ZAFAR MUBORAK, OLTIARIQLIK G’ALLAKORLAR

×

 2022-06-22 19:11:58    241

PDF yuklash
Chop etish


Oltiariq tumanida joriy yil 5 ming 400 gektar maydonga g’alla ekildi. Mirishkor dehqonlar 13 ming 946 tonna hosilni davlatimiz xirmoniga topshirib, belgilangan davlat shartnoma rejasini bajardilar.


G’alla o’rim-yig’im ishlarini sifatli tashkil etish uchun soha vakillari 23 ta otryadga birlashib mirishkorlarga ko’makdosh bo’ldi. “G’alla – 2022” mavsumida yaxshi natijalarni qo’lga kiritgan "Fahriddin Mirzo", "Ziyodullo Nodirbek fayz", "Komil Hamdam Zamini", "Hoshimboy Muhammadyusuf", "Qiziltepa omadli nasl" kabi bir qator fermer xo’jaliklari nomlarini alohida ta'kidlash o’rinlidir.

Oltiariq azaldan mirishkor g’allakor va usta bobodehqonlar yurti. Bugungi kunda ham bu ezgu an'ananing munosib vorislari bo’lgan fermerlar joriy yilgi yutuqlar sarhisobidan mamnun bo’lib, ertangi kun istiqboli umidida ulkan orzu-maqsadlar bilan yangi marralar sari intilmoqda.

Hali g’allazorlarda hosil mo’l. O’rim-yig’im ishlari esa jadallik bilan davom etmoqda.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat