Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’NGGI QO’NG’IROQ TADBIRLARI

×

 2023-05-25 12:02:57    154

PDF yuklash
Chop etish


Bugun mamlakatimizda 10 mingdan ortiq maktablarda 392 ming nafar bitiruvchi uchun "So’nggi qo’ng’iroq" chalindi.

Oltiariq tumanida 47 ta maktabning 2360 nafar bitiruvchilari mustaqil xayotga qadam qo’ymoqda.

Ta'limni rivojlantirish borasida Prezident tashabbusi samarasi o’laroq bu yil 106 ta Oltin, 12 ta Kumush medal bilan maktabni tamomlayotgan yoshlarning quvonchi cheksiz. 54 nafar o’quvchi muddatidan oldin Oliy o’quv yurtlari talabasi bo’ldi. 

Yakunlanayotgan o’quv yilida o’n nafardan ortiq xalqaro, shuncha viloyat olimpiyadalari g’oliblari, Sharja Universiteti olimpiyadasida g’oliblikni qo’lga kiritgan 39-maktab bitiruvchisi Xojiakbar Axmedov kabi umidli yoshlar bor.

"So’nggi qo’ng’iroq" tadbirlarida tuman hokimi Sh.Turdaliyev, Sektorl rahbarlari va har bir maktabda hokimlik idoralari vakillari ishtirok etib, Prezidentimizning bitiruvchilarga yo’llagan tabrigini o’qib eshittirdilar. O’quv yilini yuqori natijalar bilan tamomlayotgan ustoz va o’quvchilarga yorliqlar va esdalik sovg’alari topshirildi.



Tuman Hokimligi axborot xizmati.