Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 1 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

INVESTITSIYA DASTURI – AMALDA

×

 2022-08-03 15:48:21    180

PDF yuklash
Chop etish


Oltiariq tumanidagi 33-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida Investitsiya dasturi asosida “Saddiniso Xabibullo” qurilish firmasi quruvchilari tomonidan 4 mlrd 67 mln so’m mablag’ evaziga rekonstruktsiya ishlari olib borildi. Zamonaviy maskanning ish boshlaganidan nafaqat bolajonlar, ota-onalar ham bahad mamnun bo’lmoqda. 


Bugun bo’lib o’tgan ushbu maktabgacha ta'lim muassasasining ochilish marosimida tuman hokimi Sh.Turdaliyev boshchiligidagi sektor rahbarlari, tuman maktabgacha ta'lim bo’limi xodimlari, ota-onalar, nuroniylar hamda mahalla faollari qatnashdi.

– Bolajonlar uchun barcha qulaylik yaratilgan, – deydi tuman maktabgacha ta'lim tashkiloti bo’limi midirasi Xolisxon Apandiyeva. – Keng, shinam yotoqxona, oshxona, mashg’ulotlar xonalari, bolalarbop mebel jihozlari, rang-barang o’yinchoq va ko’rgazmali qurollar bolajonlar ixtiyorida. Hovlida bolajonlar uchun yozgi o’yin maydoni barpo etilib, zamonaviy usulda jihozlangan. 


Ochilish marosimidan so’ng tadbir ishtirokchilari muassasada tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

– Prezidentimizning maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirish, ayniqsa, chekka qishloq tumanlariga berayotgan e'tiboridan biz, ota-onalar behad mamnunmiz, – dedi mahalla faollari. – Shu e'tibor tufayli mahallamizdagi maktabgacha ta'lim muassasasi zamonaviy qiyofa kasb etdi. Bu yerda bolalarni har tomonlama barkamol tarbiyalash, maktabga tayyorlash uchun barcha sharoitlar bor.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat