Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SUD TIZIMIDAGI ISLOHOTLARDAN ASOSIY MAQSAD ODIL SUDLOVNI TA'MINLASHDIR

×

 2022-06-30 14:38:38    232

PDF yuklash
Chop etish


Jinoyat ishlari bo’yicha Oltiariq tuman sudi raisi B.Ergashev tomonidan Oltiariq tumani Yangiqo’rg’on, Beglar va Qo’rg’oncha MFY fuqarolari bilan “Mening mahallam – mening sudyam” shiori ostida yangi qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining qonunlarini, chaqaloq savdosiga qarshi kurash, odam savdosining oldini olish, karruptsiyaga qarshi kurash mavzularida hamda “Ayollar daftari” bo’yicha fuqarolar va yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish bo’yicha davra suxbati kazildi.


Unda B.Ergashev so’zga chiqib, sud tizimidagi o’zgarishlar haqida ma'lumot berib, “Mening mahallam – mening sudya” va “Oiladagi zo’ravonliklarning oldini olish va oiladagi zo’ravonliklardan jabrlanganlarga amaliy yordam ko’rsatish” shiorlari ostida joylarda sayyor uchrashuvlar o’tkazishdan maqsad va belgilangan vazifalarga to’xtalib, ushbu masalalarga jiddiy yondashish lozimligini, huquqiy ong va huquqiy madaniyatimizni yuksaltirmas ekanmiz huquqlarimizni himoya qila olmasligimizni, ulardan foydalana olmasligimizni ta'kidlab o’tdi.

Shuningdek, ma'ruzachi sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to’xtalib, qabul qilingan qonunlar haqida atroflicha tushuntirishlar berib o’tdi.

Sohadagi islohotlarni amalga oshirishda xalqaro huquqning umume'tirof etilgan normalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish muhim o’rin tutishi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Korruptsiyaga qarshi konventsiyasi” 2003 yil 31 oktyabrda qabul qilingan bo’lib, mazkur konventsiyani O’zbekiston Respublikasi 2008 yil 7 iyulda ayrim bildirishlar, bayonotlar va shartlar bilan ratifikatsiya qilganligi, 2010 yilda O’zbekiston Iqtisodiy xamkorlik va rivojlanish tashkiloti Korruptsiyaga qarshi kurashish tarmog’ining Istambul harakat dasturiga qo’shilganligi to’g’risida ma'lumot berdi.

So’nggi paytlarda firibgarlik jinoyaining soni oshib borayotganligi, firibgarlik jinoyati uchun javobgarlik tushunchasi xaqida ham maxalla fuqarolariga tushunchalar berildi.

Joriy yilda Prezidentimiz tomonidan sudlar faoliyatini raqamlashtirish, sud tizimida korruptsiyaning oldini olish samaradorligiga, sudyalarning chinakam mustaqilligini ta'minlash, sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan bir qator farmon va qarorlar yuzasidan tushuntirishlar va barcha berilgan savollarga javob berildi.

Yakunda Farg’ona viloyat sudi tomonidan tayyorlangan maxsus bukletlar taqdim qilindi va mahalla raislariga mazkur yo’nalishda targ’ibot tadbirlarini ko’paytirish, ularning ta'sirchanligini oshirish, targ’ibot tadbirlarida bukletlardan keng foydalanish tavsiya etildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat