Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YOSHLARIMIZNING HUQUQ VA ERKINLIKLARI VA QONUNIY MANFAATLARI HAR TOMONLAMA QO’LLAB-QUVVATLANADI
2022-06-25 14:32:52 242
O’tgan qisqa davrda jamiyatimizning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy qiyofasi tubdan o’zgardi. Bugun barcha soha va tarmoqlarda amalga oshirilayotgan islohotlardan ko’zlangan maqsad — aholi turmush farovonligini yuksaltirish, ular uchun munosib bo’lgan yashash sharoitlarini yaratib berishdan iboratdir.
Mamlakatimizning kelajagi bo’lmish yoshlarimizni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, bilimli, yetuk, salohiyatli inson sifatida kamol topishida ularning barcha huquq va erkinliklari, imkoniyat va manfaatlarini himoya qilishda tashkiliy-huquqiy asoslari takomillashib borilmoqda.
Prezidentimiz Konstitutsiyaviy komissiya a'zolari bilan uchrashuvda yangilangan Konstitutsiya mamlakatimizning uzoq muddatli taraqqiyot strategiyalari, umuman, yurtimiz va xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos hamda ishonchli kafolat yaratishi lozimligini alohida ta'kidladi.
Davlatimiz rahbari o’z ma'ruzasida keng jamoatchilikning xohish va istaklaridan kelib chiqib, Konstitutsiyani takomillashtirish bo’yicha 4 ta ustuvor yo’nalishga e'tibor qaratdi. Albatta, jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqib ilgari surilgan ushbu taklif va tashabbuslar “inson – jamiyat – davlat” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirishga hamda “Inson qadri uchun” degan ezgu g’oyani to’la ro’yobga chiqarishga xizmat qiladi.
Keyingi paytda xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz o’rtasida sportni ommalashtirish, sog’lom turmush tarzini qaror toptirishga katta ahamiyat berilayotgani barchangizga yaxshi ma'lum. Bu boradagi siyosatimizni konstitutsiyada mustahkamlash maqsadida Asosiy qonunimizga quyidagi qoidani kiritishni taklif etildi. “Davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yoshlarni sog’lom turmush tarzi tamoyillari asosida ma'naviy va axloqiy yetuk insonlar etib tarbiyalash uchun zarur sharoitlarni yaratadi”.
Shuningdek, Konstitutsiyamizga “Ota-onalar o’z farzandlari voyaga yetguniga qadar ularning tarbiyasi, ta'lim olishi, sog’lig’i, to’laqonli va barkamol rivojlanishi to’g’risida g’amxo’rlik qilish huquqiga ega va bunga majburdir”, degan me'yor ham taklif etildi.
Bir so’z bilan aytganda, bunday normalarning taklif etilayotgani jismonan sog’lom, ma'nan yetuk, zamonaviy fikrlaydigan, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoniga daxldorlik tuyg’usi bilan yashaydigan, uning ravnaqiga munosib hissa qo’shishga intiladigan yosh avlodni voyaga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bahrom RAHMONALIYEV,
108-Oltiariq saylov okrugidan saylangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat