Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
OLTIARIQLIK BIR GURUH TALABALARGA KONTRAKT PULI TO’LAB BERILDI
2022-06-13 18:36:47 236
Yurtimizdagi turli oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan bir guruh Oltiariqlik talaba yoshlarga to’lov-kontrakt pulining ma'lum foizi “Yoshlar daftari” jamg’armasi mablag’lari hisobidan to’lab berildi.
Bugun tuman hokimligida tuman hokimi Sh.Turdaliyev va sektor rahbarlari ishtirokida “Yoshlar daftari” ga kiritilgan bir guruh talaba yoshlarga tuman hokimligi hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan kontrakt pulini to’lab berish imtiyozini beruvchi maxsus sertifikatlar topshirildi.
Talaba yoshlar, ularning ota-onalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida sertifikatlarni topshirishga bag’ishlangan tadbirda so’z olganlar mamlakatimizda yoshlar, xususan, kam ta'minlangan, qiyin sharoitda yashayotgan oilalar farzandlari bo’lgan talaba yoshlarni qo’llab-quvvatlash borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilayotganligini ta'kidladilar.
Yoshlar ishlari agentligi Oltiariq tuman bo’limi tomonidan 2022 yil davomida mahallalardagi yoshlar yetakchilari tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga oliy ta'lim muassasalari to’lov kontrakt summasi uchun jami 245 nafariga, davolanish uchun 1 nafariga, moddiy ahvoli qiyin yoshlarga 3 nafariga, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o’tash badaliga 3 nafariga, haydovchilikni tayyorlash o’quv kursi xarajatlarini qoplash uchun 26 nafariga Yoshlar jamg’armasi hisobidan beg’araz yordam sifatida subsidiya asosida to’lovlar to’lab berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat