Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
AHOLI IJTIMOIY QO’LLAB-QUVVATLANMOQDA
2022-06-11 16:52:25 264
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 25 maydagi "Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo’llab-quvvatlashga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi qaroriga asosan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha Oltiariq tumanida ham tizimli ishlar olib borilmoqda.
Qarorga binoan «Temir daftar»ga kiritilmagan hamda mazkur qarorga asosan bir martalik moddiy yordam pullarini olmagan ehtiyojmand oilalar ro’yxati shakllantirildi hamda «Saxovat va ko’mak» jamg’armasi mablag’lari hisobidan tumandagi 80 ta ijtimoiy ahvoli og’ir oilalardagi 379 kishiga 20 kilogrammdan un mahsulotlari tarqatildi.
Xayr va saxovat va muhtoj insonlarga yordam qo’lini cho’zish hamda insonparvarlik eng oliy sifatlardan biri hisoblanadi. Qadimdan mehr-oqibatli bo’lgan xalqimiz bugun ham ana shu muazzam qadriyatini yana bir bor barchaga namoyon qilmoqda. Zero, aholini manzilli ijtimoiy himoya qilish davlatimiz siyosatining ustuvor vazifalaridan biridir.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat