Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XIRMONLAR YUKSALMOQDA
2022-06-11 13:05:34 192
Oltiariq tumanida joriy yilda 5 ming 400 gektar maydonda bug’doy yetishtirildi. Shartnoma rejasiga asosan, 18 ming 770 tonna g’alla topshirilishi belgilangan.
Shu kunlarda tumanda g’alla o’rimi qizg’in tus olgan. O’rim-yig’im ishlari oldidan tuman hokimi Sh.Turdaliyev g’allachilik fermer xo’jaliklari, o’rim-yig’imga mas'ul korxona va tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashib, dalalarda g’alladan mo’l hosil yetishtirilganligi, uni qisqa muddatlarda uyushqoqlik bilan yig’ishtirib olishdek muhim va mas'uliyatli vazifa turganligini ta'kidladi. Mazkur yo’nalishdagi ishlarni samarali tashkil etish yuzasidan mutasaddilarga topshiriq va tavsiyalar berdi.
Don – xalqimizning rizq-ro’zi. Ma'lumki, Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy yildan xo’jaliklar tomonidan sotiladigan g’allaga bozor narxida pul to’lash tartibi joriy etildi. Bu eng avvalo, fermer xo’jaligi, qolaversa, xo’jalik a'zolarining manfaatdorligini, oladigan daromadini oshirish imkonini beradi.
Bugungi kunda Yo’ldoshali Nuriddinov rahbarligidagi “Nur baxt fayz” fermer xo’jaligida ham g’alla o’rimi qizg’in tus olgan. 52 gektar maydondan 167 donna don davlat omboriga topshirish rejasi ortig’i bilan bajarilmoqda. Bunda kombayn operatori Shuhratjon Mahmudovning ham hissasi katta bo’lmoqda.
G’alla o’rimiga mas'ul 9-ortyad rahbari Sodiqjon Homidovning ma'lum qilishicha, “Sattorov Boynazar zamini” fermer xo’jaligi ham 21,8 gektar g’alla maydonidan 80 tonnadan ziyod don mahsulotini davlat omboriga topshirib, belgilangan davlat shartnoma rejasini uddaladi.
Rizq-ro’zimiz bo’lgan bug’doyni isrof qilmasdan yig’ishtirib olishda dalalarda mehnat qilayotgan dehqonlar, fermerlar, kombaynchilar va bu jarayonga mas'ul bo’lgan boshqa mutasaddilarning fidoyiligi tahsinga loyiq. Zero, ularning bugungi mashaqqatli mehnati ertangi farovon turmushimiz va dasturxonimiz to’kinligini ta'minlaydi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat