Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 48 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"OCHIQ BYUDJET" PORTALIDA G’OLIB BO’LGAN HUDUDLARDA AMALIY ISHLAR BOSHLANDI

×

 2022-06-08 18:39:37    220

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 avgustdagi “Byudjet ma'lumotlarining ochiqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3917-sonli hamda 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-5072-sonli Qarorlariga asosan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021 yil 22 apreldagi    KQ-213-IV-sonli Qarori, shu bo’yicha xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining 2022 yil 17 fevraldagi “Mahalliy byudjet mablag’lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta'minlash to’g’risida”gi VI-44-15-11-151-K/22-sonli qarori bilan tasdiqlangan namunaviy Nizomning ijrosi yuzasidan tuman mahalliy byudjeti va respublika byudjetidan fuqarolardan kelib tushgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun  2022 yil birinchi bosqich ya'ni 2022 yil 1 mart holatiga jami 5 765,1 mln.so’m (2022 yillik mahalliy byudjet xarajatlarining 5% qismining teng yarmi (birinchi bosqich uchun) - 4 716,5 mln.so’m, tuman mahalliy byudjetining qo’shimcha manbaalari hisobidan 729,0 mln.so’m hamda yil boshiga qoldiq 319,5 mln.so’m) mablag’lar ajratilgan.


Moliya vazirligi tomonidan ochilgan Ochiq byudjet (openbudget.uz) portaliga 2022 yil 1 fevralidan 22 fevralga qadar bo’lgan davrda tuman fuqarolari tomonidan jami 247 ta taklif kiritildi va takliflar ro’yxati Ishchi komissiyaga taqdim etildi.

Ishchi komissiya tomonidan joriy yilning 23 fevraldan 4 martga qadar fuqarolar tomonidan kiritilgan takliflar ko’rib chiqilib belgilangan tartibga zid ekanligi sababli 95 ta takliflar rad etildi hamda rad etilgan takliflar bo’yicha taklif bergan shaxslarning shaxsiy kabinetiga rad etishning asoslangan sabablari to’g’risida xabarnoma yuborildi. Ishchi komissiya tomonidan belgilangan tartibga asosan 152 ta takliflar, mas'ullar tomonidan ko’rib chiqilib tanlab olindi hamda tanlab olingan takliflar jamoatchilik o’rtasida ovoz berish jarayoniga o’tkazildi. Jamoatchilik o’rtasida ovoz berish jarayoni joriy yilning 5 mart kunidan 1 aprel kuniga qadar davom etdi.

Jamoatchilik o’rtasida ovoz berish jarayoni yakuni bo’yicha jami bo’lib 9 ta taklif g’olib deb topildi va ushbu takliflar uchun jami bo’lib 6710,0 mln so’m mablag’lar ajratildi.

Tuman bo’yicha 2 ta (2.080 mlrd.so’mlik) aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash, 2 ta (2.080 mlrd.so’mlik) ichki yo’llarni ta'mirlash, 4 ta (2.350 mlrd.so’mlik) umumta'lim maktablarini ta'mirlash, 1 ta (200.0 mln.so’mlik) ko’cha chiroqlarini o’rnatish yoki ta'mirlash yo’nalishdagi takliflar moliyaviy qo’llab-quvvatlanadigan bo’ldi.

Hozirgi kunda g’olib bo’lgan tashabbuslardan Zilxa MFY hududidagi 2.5 km masofada hamda Tegirmonboshi MFY hududidagi 3.2 km masofadagi asfaltlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Oltiariq tumani hokimligi Moliya bo’limi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat