Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
OLTIARIQ INNOVATSION HUDUDIDA – YANGI LOYIHALAR
2022-05-26 09:23:44 392
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo’yicha maslahatchisi o’rinbosari Galina Saidova, Innovatsion rivojlanish vaziri o’rinbosari Shahlo Turdiqulova Oltiariq innovatsion hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.
«Oltiariq innovatsiya» korxonasining Oltiariq innovatsion hudud tajriba maydonida ishlab chiqarilayotgan «Aqlli svetofor» loyihasi tashrif buyurganlarda katta qiziqish uyg’otdi. Aqlli svetofor ishlab chiqarish hajmini kengaytirish maqsadida talabalar uchun xizmat ko’rsatish markazi tashkil etilgan bo’lib, ushbu markazda talabalar dasturlash ishlarini olib boridilar va ularni sinovdan o’tkazadilar.
Bundan tashqari, Oltiariq innovatsion hududda amalga oshirilayotgan bir qator loyihalar – Sanoat va maishiy chiqindilar asosida polistirol beton, mahalliy xomashyodan magnezit kukuni, o’tga chidamli g’isht, mahalliy xom-ashyodan energiyatejamkor «IZOFULL» suyuq issiqlik izolyatsiya nano qoplamasi kabi mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdilar. G.Saidova tumanda va viloyatda shu kabi innovatsion ishlanmalarni keng joriy etish to’g’risida o’z tavsiya va ko’rsatmalarini berdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat