Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“OBOD QISHLOQ” DASTURI – AMALDA
2022-05-24 21:17:47 350
Mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz tomonidan fuqarolarga qulay shart-sharoitlar yaratish, chekka-chekka qishlog’u mahallalarni ham obod va farovon go’shaga aylantirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Bunda davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan “Obod qishloq” dasturi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ayni paytda tumanimizning Qiziltepa va Bunyodkor MFY hududlarida “Obod qishloq” dasturi asosida keng ko’lamli qurilish, obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi. Hududlar qiyofasini tubdan o’zgartirayotgan “Obod qishloq” dasturi doirasida bu maskanlardagi uylar ta'mirlanadi, aholiga maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari bunyod etilib, ko’chalarning umumiy manzarasiga yarashmaydigan turar joylar bugungi me'morchilik talablariga moslashtiriladi.
Shu kunlarda tuman elektr ta'minoti korxonasi tomonidan Qiziltepa hududidagi yog’och tayanchlar beton tayanchlarga almashtirilmoqda. Bundan tashqari, 3 km tarmoq kabeli tortish va almashtirish, 2 ta transformatorni almashtirish ishlari jadallikda olib borilmoqda.
– Bunday keng ko’lamli islohotlarning amalga oshirilishi minglab yurtdoshlarimiz hayotida yangi sahifa ochmoqda. Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari yurtdoshlarimizning o’z hayotidan mamnun bo’lib, o’tkazayotgan har bir kuniga shukronalik keltirishga, farzandlarining baxtu iqbolini obod va farovon maskanda ko’rishga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir, – deydi qiziltepalik nuroniylar biz bilan suhbatda.
Bir so’z bilan aytganda, mazkur dastur asosida Qiziltepa va Bunyodkor MFY hududlarida keng ko’lamli islohotlar olib borilib, hududlar yanada chiroy ochishiga, fuqarolarning hayotdan rozi bo’lib yashashlariga erishiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat