Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YURTIMIZ TINCH, CHEGARALARIMIZ MUSTAHKAM BO’LSIN!
2022-05-18 20:59:19 255
Oltiariq tuman hokimligi, Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo’linmasi, tuman ichki ishlar bo’limi va harbiy qismlar bilan hamkorlikda tumandagi 43-umumiy o’rta ta'lim maktabida “Yurtimiz tinch, chegaralarimiz mustahkam bo’lsin!” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o’tkazildi.
Unda Farg’ona viloyat hokimligi guruh rahbari Yu.Kamolov, Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi xodimi U.Latipov, tuman hokimligining chegara masalalari bo’yicha guruh rahbari M.Fayziyev, tuman ichki ishlar bo’limi o’rinbosari S.Avliyoxonov, harbiy qism komandirlari Y.Majidov, M.Husanovlar ishtirok etdilar.
Tumandagi chegara hudud hisoblangan Katput qishlog’i hududida bo’lib o’tgan tadbirda 43-umumiy o’rta ta'lim maktabi o’quvchilari tomonidan harbiy vatanparvarlikni o’zida aks ettirgan ko’rgazmali chiqishlar, Vatan mavzusidagi she'rlar yig’ilganlarga ko’tarinki kayfiyat ulashdi.
Tadbirda so’z olgan Yu.Kamolov inson ma'naviyati, buyuk ajdodlarimizlarimizning ma'naviy xazinasi haqida gapirar ekan, ma'naviyatli insonning iymon-e'tiqodi mustahkam bo’lib, hech qachon puch g’oyalarga aldanmasligi, chegaralarimiz mustahkamligi nafaqat chegara qo’shinlarimizga, balki chegara hududida yashayotgan fuqarolarimizga ham bog’lik ekanligini ta'kidladi.
Vatanni sevish, ardoqlash, himoya qilish – har birimizning sharafli burchimizdir. Barchamizning bugungidek tinch, xotirjam xayotimiz Qurolli kuchlarimiz tomonidan ishonchli tarzda himoya qilinmoqdaki, mana shunday mas'uliyatli burchni sidqidildan ado etayotgan, taraqqiyotimiz barqarorligiga kamarbasta bo’layotgan o’g’lonlarimizni har qancha e'zozlasak, ko’kka ko’tarsak, arziydi.
Tadbirda so’z olgan S.Avliyoxonov, Y.Majidovlar yig’ilganlarga chegara qonunchiligi bo’yicha ma'lumotlar berib, hamisha barchani sergak bo’lishga chaqirdi.
Bundan tashqari, tashkilotchilar tomonidan ishtirokchilarga ma'naviy-ma'rifiy mavzudagi savollar berilib, faol ishtirok etgan o’quvchilarga kitoblar topshirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat