Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MAHALLA FUQAROLAR YIG’INI RAISI - OQSOQOLI SAYLOVI BOSHLANDI
2022-05-16 19:54:51 399
Bugun, 16 maydan mahalla fuqarolar yig’ini raisi - oqsoqoli saylovi boshlandi. Unga ko’ra tumandagi 72 mahallada saylov bo’lib o’tadi.
Joriy yilning 16 mart kuni Senat kengashining “Fuqarolar yig’inlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi qarori qabul qilindi. Shundan kelib chiqib tuman Kengashining qarori bilan ko’maklashuvchi komissiya tuzilib, saylovga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazishga doir tadbirlar rejalari tasdiqlandi. Ishchi guruh saylovgacha keng miqyosli tayyorgarlik ishlarini amalga oshirgan bo’lsa, saylov boshlanishi bilan tadbirning yuqori saviyada o’tkazilishi uchun bosh-qosh bo’lmoqda.
– Tumanda joriy yilning may-iyun oylarida o’tkaziladigan fuqarolar yig’inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o’tkazishga doir ishlar yuqori saviyada tashkil etildi, – deydi biz bilan suhbatda mahalla fuqarolar yig’ini raisi - oqsoqoli saylovini o’tkazish bo’yicha tuman ko’maklashuvchi komissiyasi raisi H.Rahimov. – Mazkur saylovni tashkil etish va o’tkazish ochiqlik hamda shaffoflik tamoyillari asosida amalga oshirilmoqda.
Ma'lumki, mahalla instituti o’zini o’zi boshqarish organi sifatida ma'lum bir hududdagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy, diniy va boshqa masalalarda mustaqil ish olib boruvchi ijtimoiy tuzilmadir. Qonunga muvofiq, fuqarolar yig’ini raisini (oqsoqolini) saylash huquqiga saylov kuni o’n sakkiz yoshga to’lgan hamda shaharcha, qishloq, ovul, shuningdek shahardagi, shaharchadagi, qishloqdagi, ovuldagi mahalla hududida doimiy yashovchi fuqarolar ega bo’ladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat