Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HOKIM YORDAMCHILARIGA ZAMONAVIY PLANSHETLAR TOPSHIRILDI
2022-05-16 13:14:57 265
Bugun tuman hokimligida bo’lib o’tgan uchrashuvda planshetlar tuman hokimi hamda tumandagi sektor rahbarlari tomonidan hokim yordamchilari va Respublikadan tumanga biriktirilgan vakillarga topshirilib, bundan ko’zlangan maqsad va vazifalar to’g’risida ma'lumot berildi.
Endilikda, hokim yordamchilari o’zlariga berilgan planshetlarda axborot almashish, murojaatlarni onlayn tarzda qabul qilish va fuqarolarning muammolarini o’z vaqtida tinglash imkoni mavjud bo’ldi.
Qo’shimcha ravishda klaviatura bilan ham jihozlangan mazkur planshetlarda barmoq izi skaneri yordamida shaxsni tasdiqlash kabi imkoniyatlar mavjud bo’lib, hokim yordamchilariga ko’pgina vazifalarni mahalladan chiqmagan holda amalga oshirish imkonini beradi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat