Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FIRIBGARLIK VA BOSQINCHILIK JINOYATLARI MAVZUSIDA SAYYOR SUD MAJLISI O’TKAZILDI

×

 2022-05-06 15:09:56    377

PDF yuklash
Chop etish


Jinoyat ishlari bo’yicha Oltiariq tuman sudi raisi B.Ergashev hamda tuman sudining sudyasi A.Ulmasov Oltiariq tumani Oltiariq va Shodlik MFY fuqarolari bilan uchrashishdi.

“Mening mahallam – mening sudyam” shiori ostidagi, yangi qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining qonunlarini, chaqaloq savdosiga qarshi kurash, odam savdosining oldini olish, korruptsiyaga qarshi kurash mavzularida hamda firibgarlik va bosqinchilik jinoyatlari uchun javobgarlik mavzusida fuqarolar va yoshlarni xuquqiy savodxonligini oshirish bo’yicha davra suhbati hamda sayyor sud majlisi bo’lib o’tdi.

B.Ergashev so’zga chiqib, sud tizimidagi o’zgarishlar haqida ma'lumot berib, “Mening mahallam – mening sudya” va “Oiladagi zo’ravonliklarning oldini olish va oiladagi zo’ravonliklardan jabrlanganlarga amaliy yordam ko’rsatish” shiorlari ostida joylarda sayyor uchrashuvlar o’tkazishdan maqsad va belgilangan vazifalarga to’xtaldi.

So’ng B.Ergashev sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to’xtalib, qabul qilingan qonunlar haqida atroflicha tushuntirishlar berib o’tdi.

Jumladan, B.Ergashev o’z ma'ruzasida 2022 yil 15 fevraldagi O’zbekiston Respublikasining “Jinoyat ishlari bo’yicha sud qarorlarini qayta ko’rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining O’RQ-749-sonli, O’RQ-753-sonli “O’zbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining ayrim moddalariga o’zgartishlar kiritish haqida”gi, 2022 yil 15 fevral kungi O’RQ-754-sonli O’zbekiston Respublikasining Qonuni bilan tanishtirib, ushbu qonun bilan kiritilgan o’zgartirishlar bilan ishtirokchilarni tanishtirdi.

Sohadagi islohotlarni amalga oshirishda xalqaro huquqning umume'tirof etilgan normalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish muhim o’rin tutadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Korruptsiyaga qarshi konventsiyasi” 2003 yil 31 oktyabrda qabul qilingan bo’lib, mazkur konventsiyani O’zbekiston Respublikasi 2008 yil 7 iyulda ayrim bildirishlar, bayonotlar va shartlar bilan ratifikatsiya qilgan.

Tadbirlarda B.Ergashev Farg’ona viloyat sudi tomonidan tayyorlangan maxsus bukletlarni fuqarolarga taqdim qildi va mahalla mas'ullariga mazkur yo’nalishda targ’ibot tadbirlarini ko’paytirish, ularning ta'sirchanligini oshirishga alohida e'tibor qaratish lozimligini ta'kidladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat