Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XALQ FAROVONLIGI YO’LIDA...

×

 2021-03-25 14:34:20    346

PDF yuklash
Chop etish


Xalq deputatlari Farg’ona viloyat Kengashi raisi, viloyat hokimi X.Bozorov topshirig’iga asosan, Oltiariq tumanida xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining "Ijtimoiy-madaniy sohani rivojlantirish, oila, xotin qizlar va yoshlar masalalari bo’yicha" doimiy komissiya a'zolari, hokimlik, moliya va davlat moliyaviy nazorat organlari, tibbiyot birlashmasi, mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi ma'sullari, tuman "Jamoatchilik kengashi" raisidan iborat "Ishchi gurux" tuzilib, Oltiariq tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli bo’lgan Oltiariq tuman Shoshilinch tez tibbiy yordam bo’limidagi mavjud shifo o’rinlari (koyka) soni xatlovdan o’tkazildi.

Xatlov jarayonida tuman shoshilinch tez tibbiy yordam bo’limiga shifo o’rinlari ajratishda Oltiariq tumanining umumiy aholisi soni, hududning geografik joylashuvi, kasallanish holati xisobga olinganligidan kelib chiqib, tegishli normativlar asosida shifo o’rinlari ajratilganligiga alohida e'tibor berildi. 

Oltiariq tumani markazida joylashgan ushbu shoshilinch tez tibbiy yordam bo’limiga shifo o’rinlari tuman aholisining 214 416 kishidan iborat ekanligini va tumanning geografik joylashuvini inobatga olgan holda, belgilangan normativlar asosida 30 ta shifo o’rni ajratilganligi va xozirda ushbu shifo o’rinlari to’liq foydalinishda ekanligi aniqlandi.


Oltiariq tumani hokimligi axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat