Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 95 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BAYRAM TABRIGI

×

 2021-03-07 20:30:31    282

PDF yuklash
Chop etish


Oltiariq tumani hokimi Xolmirza Niyozovning BAYRAM TABRIGI


Aziz va muhtarama onaxonlar, opa-singillar, zamonamizning oqila va dilbar xotin-qizlari!

O’lkamizga yana fasllar kelinchagi bo’lmish bahor tashrif buyurdi. Bu faslning ilk oyi boshlanishi bilan yurtimizda o’ziga xos bayramlar ham boshlanadi. Bahorning ilk bayrami Xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida nishonlanadi. Tabiat chiroy ochib borayotgan mana shu shukuhli kunlarda mehribon onalarimiz, dilbar opa-singillarimizga chuqur hurmat-e'tirom ko’rsatilishi, ularning latofati, sadoqati hamda matonati madh etilishi bejiz emas. Chunki hayot falsafasi, ma'no-mazmuni va go’zalligi, eng avvalo, barchamizni dunyoga keltirgan ona siymosida, ayol timsolida namoyon bo’ladi. Yasharish hamda yangilanish faslining ayollar bilan uzviyligi, uyg’unligi ham ana shunda.

Zero, muhtaram Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek: «Er yuzida muqaddas degan so’zga eng munosib zot bu – avvalo, Onadir. Xalqimiz ona siymosini doimo ulug’lab, ardoqlab yashaydi. Yurtimizda onalarni sharaflab, muhtasham haykallar bunyod etilgani ham shundan dalolat beradi. Biz Ona timsolida Vatanimizni, uning go’zal va betakror qiyofasini ko’ramiz. «Ona Vatan» degan ibora bejiz aytilmagan, bunda chuqur ma'no bor. Insonni inson qiladigan mana shunday yuksak tuyg’u va tushunchalarni bolalarimiz qalbiga singdirsak, shoirlarimiz, rassomlarimiz, sanoatkorlarimiz onalarni, ayollarni tarannum etadigan yangi-yangi asarlar yaratsalar, nur ustiga nur bo’lur edi».

Ha, xotin-qizlarni e'zozlash, ularga ehtirom ko’rsatish xalqimizga xos olijanob qadriyat hisoblanadi. Biz barchamiz qanday kasb, qanday lavozimda ishlamaylik, qalbimizdagi jamiki ezgu fazilatlar uchun mehribon onalardan, muhtaram ayollardan doimo qarzdormiz.

Bugungi kunda ham muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida xotin-qizlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning isteodod va qobiliyatlarini ro’yobga chiqarish, oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo’yicha juda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Bu yilgi bayramning Prezidentimiz tomonidan «Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» deb nomlangan yilda nishonlanishi ham o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Bu borada hayotga izchil tatbiq etilayotgan Davlat dasturi va shu asosda amalga oshirilayotgan ezgu ishlar xalqimiz baxtu saodati, turmush farovonligi, yosh avlodimizning dunyoda hech kimdan kam bo’lmay voyaga yetishiga xizmat qilayotganligi bilan ham ahamiyatlidir.

Ayol zoti o’zining nafosati va latofati, muhabbati va sadoqati, onalik mehri bilan tom maonoda Yaratganning tengsiz mo’jizasidir.

Darhiqiqat, yurtimiz ayollari har qancha ta'rifu tahsinga loyiq. Mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning “Jannat onalarning oyog’i ostidadir” degan mazmundagi hikmatli so’zlari ham muqaddas ona siymosi oldida umrbod qarzdor ekanligimizni bildiradi.

Bugun yurtimizda qo’lga kiritilayotgan ulkan yutuq va marralarni sarhisob qilar ekanmiz, bunda mamlakatimiz ayollari, jumladan, oltiariqlik xotin-qizlarning ham o’ziga xos o’rni borligini mamnuniyat bilan ta'kidlamoqchiman. Tumanimizda qo’lga kiritilayotgan barcha tarmoqlardagi yutuq va g’alabalarimizda, farzandlarimizga ta'lim-tarbiya berishda, xalqimizning salomatligini mustahkamlashda, iqtisodiyot, qishloq xo’jaligi sohalarida erishilgan yuksak marralarni egallashda ayollarimiz faol qatnashmoqdalar. Yana faxr bilan tilga olish mumkinki, madaniyat, kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik sohalarining ham eng tashabbuskor, eng faoli bizning xotin-qizlarimizdir.

Yurtimiz taraqqiyotida, oila va jamiyat taraqqiyotida xotin-qizlar muhim o’rin va mavqega ega. Mamlakatimiz aholisining qariyb 50 foizini tashkil etadigan ayollar ijtimoiy-ma'naviy, siyosiy-iqtisodiy hayotning barcha sohalarida, xususan, davlat boshqaruvi va vakillik organlarida, ishlab chiqarish, tadbirkorlik, fermerlik, sog’liqni saqlash, ta'lim-tarbiya, madaniyat va boshqa ijtimoiy sohalarda samarali mehnat qilmoqdalar.  Mustaqil O’zbekistonimizda muhtaram Yurtboshimiz rahnamoligida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquq va qonuniy manfaatlariga so’zsiz rioya qilinishini ta'minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning turli soha va tarmoqlarda o’z qobiliyat va imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, shuningdek, oila institutini mustahkamlash borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbarining xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish bo’yicha imzolanayotgan dasturilamal hujjatlari ham bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko’tarishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Bu kabi hujjatlar xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlashni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqib, ularning oila va jamiyatdagi o’rni hamda mavqeini mustahkamlashga, salohiyatini to’la namoyon etishiga, oilalardagi ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada sog’lomlashtirishga xizmat qiladi.

Azizlar!

Bahor, nafosat va go’zallik ayyomi bo’lgan Xalqaro xotin-qizlar kunini biz har yili katta quvonch va hayajon bilan qarshi olamiz. Chunki bu bayram yuragimizda sizlarga bo’lgan cheksiz hurmat-ehtiromimizni izhor etish uchun yana bir katta imkoniyat beradi. Ana shu imkoniyatdan foydalanib, barchalaringizni qutlug’ bayramlaringiz bilan samimiy muborakbod etaman.

Ayollarimiz xonadonlarimizda, mahallalarimiz, butun yurtimizda har doim o’zaro hurmat va hamjihatlik, mehr-oqibat muhitining, ta'bir joiz bo’lsa, hayot o’chog’ining eng kuchli posboni bo’lib kelgan va bugun ham ana shunday fazilatlari bilan insonni inson, oilani oila qilib kelmoqda, desak, adashmaymiz.  Mustaqilligimizning 30 yilligi nishonlanadigan mazkur yilda oltiariqlik xotin-qizlar Vatanimiz kuch-qudratini, obro’-e'tiborini yanada oshirish yo’lida barcha sohalarda namuna bo’ladilar, deb ishonaman.

Barchangizni yana bir bor go’zallik, bahor va nafosat ayyomi – 8 mart bayrami bilan qutlab, sizlarga sihat-salomatlik, uzoq umr, oilalaringizga baxt-saodat, farzandlar baxtu kamolini ko’rishlik nasib etishini tilayman.  

Bayramingiz muborak bo’lsin!  

Xolmirza NIYoZOV,

Oltiariq tumani hokimi 



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat