Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XOTIN-QIZLAR DOIM E'ZOZDA

×

 2021-03-06 17:24:37    304

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda xotin-qizlar, dilbar ayollar, munis onaxonlarni ulug’lash, e'zozlash davlat siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biriga aylangan. O’zbek ayolining oilada, mehnat jamoasida, mahalla-ko’yda, jamiyatda o’z o’rni va obro’si bor. Ayollarga bo’lgan hurmat-ehtiromimiz Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida yanada keng quloch yoymoqda. Bugun yurtimiz bo’ylab bayram shukuhi kezib yuribdi.

Oltiariq tumani madaniyat uyida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi X.Niyozov ishtirok etib, xotin-qizlarni bayram bilan tabrikladi. Tuman hokimi bayram tabrigida bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida xotin-qizlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning iste'dod va qobiliyatlarini ro’yobga chiqarish, oila, onalik va bolalikni muxofaza qilish bo’yicha juda ulkan ishlar amalga oshirilayotganligi ta'kidlandi. 

Bayram tadbirini ikkinchi qismi tumanimizdagi “Sardor” tantanalar saroyida davom etdi. Ayollarimizga har qachongidan ham hurmat va e'tibor ko’rsatilgan holda, xotin-qizlarimiz karnay-surnay va doiralar sadolari ostida kutib olindi. Muhtasham sayroda tumandagi mahalla fuqarolar yig’inlari, tashkilot va muassasalarda turli sohalarda faoliyat ko’rsatayotgan xotin-qizlar, faxriy ayollar jam bo’ldilar. 


Tadbir avvalida ayollarni ulug’lovchi ijtimoiy videorolik namoyish etilib, jonli ijrodagi qo’shiqqa ulandi. So’ngra Oltiariq tumani hokimi X.Niyozov so’zga chiqib, tantanali tadbirda jam bo’lgan ayollarni, ular orqali tumanimizdagi barcha xotin-qizlarni yana bir bor bayram bilan tabriklab, iliq va samimiy tilaklarini bildirdi.

 

– Ayollarimizning jamiyatdagi o’rni va mavqei tobora oshib borayotgani sababli davlat va nodavlat tashkilotlarda, qo’yingki, barcha sohalarda xotin-qizlarning o’rni yaqqol sezilmoqda. Boshqacha qilib aytganda, ayollarimiz mamlakatimizni, jumladan tumanimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga munosib hissalarini qo’shmoqdalar, - dedi tuman rahbari o’z so’zida. - Nafaqat oilaga, balki jamiyatga ahillik, go’zallik, mehr-oqibat bag’ishlayotgan Siz ayollarni, sizlarning timsolingizda tumanimizdagi barcha onaxonlar, opa-singillarimizni 8 mart – xotin-qizlar bayrami bilan tabriklar ekanman, Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, har doim go’zallik va munislik ramzi bo’lib qolishingizni tilayman.

Tuman madaniyat bo’limi tomonidan tayyorlangan dastur bayram shukuhini yanada ko’tarib yubordi. Qo’shiqlar raqslarga va tabriklarga ulandi.


Oltiariq tumani hokimligi axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat