Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XOTIN QIZLAR DOIMIY E'TIBORDA
2021-03-06 10:53:18 351
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan hokimlar va sektor rahbarlariga “ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar muammolarini hal qilish, tikuvchilik, hunarmandchilik, kasanachilik, parrandachilik va ekin maydonlaridan yer ajratish orqali ularning bandligini ta'minlash bo’yicha ko’rsatmalar berildi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasiga tadbirkor bo’lish istagini bildirgan “ayollar daftari”dagi 70 mingga yaqin xotin-qizlarni biznes va mehnat bozorida talab yuqori bo’lgan kasblarga o’qitish vazifasi topshirildi.
Bu borada Oltiariq tumanida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash, ularningmuammolarini hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilangan. Joriy yilning 4 mart kuni “Ayollar daftari” kiritilgan xotin-qizlardan kredit mablag’i olib tadbirkorlik qilish istagini bildirgan ayollar uchun o’quv tashkil etildi.
O’quvda xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibi, kredit olish uchun zaruriy loyiha va xujjatlar to’g’risida zaruriy ma'lumotlar berildi. O’quv yakunida muvaffaqiyatli ishtirok etgan xotin-qizlarga bankdan kredit olish uchun sertifikat taqdim etildi.
Hususan, Oltiariq tumanida turmush o’rtog’i 2-guruh nogironi bo’lgan F.Mirzachayeva chet davlatda ishlayotgan edi. Tuman hokimligi tomonidan kredit asosida pech olishiga ko’maklashildi. Bugungi kunda ushbu ayol milliy va yevropa shirinliklarini pishirib, daromad topmoqda.
Oltiariq tumani hokimligi axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat