Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OLTIARIQ TUMANI AHOLISIGA MUROJAAT

×

 2024-11-12 19:54:54    1093

PDF yuklash
Chop etish


Oltiariq tumanida 4 ta tajriba asosida aholi bandligini ta'minlash, kichik biznesga jalb qilish bo’yicha Oltiariq tumani hokimining birinchi o’rinbosari I.Gafurovning


MUROJAATI


Assalomu alaykum, hurmatli tumandoshlar! Muxtaram Yurtboshimiz tomonidan yaratib berilgan 4 ta tajriba, ya'ni Sayxunobod, Zarbdor, Uychi va G’ijduvon tajribalari yangi ish o’rinlarini tashkil qilish, aholi daromadini oshirish, tomorqadan samarali foydalanish, mahallalarda drayver loyihalarni ishlab chiqish va sanoatni rivojlantirishda dasturilamal bo’lib xizmat qilmoqda.

Joriy yil mobaynida “Sayxunobod tajribasi” asosida 72 ta mahallalarda jami 2160 ta mikroloyihalar (qiymati 138 mlrd 529 mln.so’m) amalga oshirishni rejalashtirgan edik.

Amalda o’tgan davr mobaynida 2135 ta loyihalar (qiymati 134 mlrd 864 mln.so’m) (98,8 %) ishga tushirildi.

Shundan noyabr oyida 288 ta loyihalarni amalga oshirish belgilangan bo’lib, amalda 44 ta loyihalar ishga tushirildi (15,3 %).

“Zarbdor tajribasi” asosida 20 ta mahallalarda sanoat, savdo, xizmat va zamonaviy agrotexnologiyalar sohasida jami 23 ta loyihalar amalga oshirish rejalashtirilgan. Yaratiladigan ish o’rinlari soni 825 ta.

Amalda bugungi kun xolatiga 13 ta loyihalar (qiymati 114,3 mlrd.so’m) ishga tushirilib, 506 ta ish o’rinlari yaratildi.

Oltiariq tumanida “G’ijduvon tajribasi” asosida 10 ta mahallalarda “tepaga o’sadigan” (vertikal) sanoat binolari tashkil qilish, bino va inshootlarlarga ehtiyoji yuqori bo’lgan tadbirkorlar ishlab chiqarish quvvatlarini ko’chirish bo’yicha jami 150 ta loyihalar amalga oshirish rejalashtirilgan. Yaratiladigan ish o’rinlari soni 1296 ta.

Topshiriqqa asosan 10 ta loyihalar shakllantirildi. Ish o’rinlari soni – 258 ta. Amalda bugungi kun xolatiga 10 ta loyihalar ishga tushirilgan. Ish o’rinlari soni – 258 ta.

Aholi bandligini ta'minlash bo’yicha “Uychi tajribasi” asosida iyul-dekabr (2-yarim yillik) oylari mobaynida bank mijozlari bilan 19 ta uchrashuvlar o’tkazish va buning natijasida 2424 ta ish o’rinlari yaratish belgilangan.

Amalda bugungi kun xolatiga banklar tomonidan 19 ta uchrashuvlar o’tkazilib, 1780 ta ish o’rinalri yaratildi (73,0%).

Noyabr oyida 5 ta uchrashuv tashkil etilib, 343 ta ish o’rinlari yaratish belgilab olindi.