Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
OLTIARIQ TUMANI 1-SEKTORIDA XOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO’LIB O’TDI
2024-07-26 16:36:57 3571
Tumandagi Obod MFY xududida hokim sektorida yashovchi yoshlar hamda mahalla yetakchilari bilan tuman hokimi Sh.Turdaliyevning ochiq muloqoti o’tkazildi.
Unda tuman hokimining o’rinbosari A.Islomov, Yoshlar ishlari Agentligi rahbari A.Keldiboyev hamda tegishli mutasaddilar ishtirok etishdi.
Tuman hokimi bugungi kundagi Xalqaro vaziyat, migratsiya, Mamlakatimiz rahbarining mintaqamiz va dunyoda barqarorlik hamda o’zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasida amalga oshirayotgan ichki va tashqi siyosati haqida gapirdi.
Yoshlarni bandligini ta'minlash, tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya masalalaridagi barcha muammolarni bartaraf etish yuzasidan tuman hokimligi tomonidan belgilangan vazifalar haqida ma'lumot berdi.
Shu yerning o’zida uch nafar yoshlarning muammolariga ijobiy yechim topildi. Yoshlar uchun sport kompleksi, o’quv markazi tashkil etish yuzasidan bildirilgan takliflar qo’llab-quvvatlandi.
Oltiariq tuman hokimligi axborot xizmati.