Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

UCH AVLOD UCHRASHUVI - XAYOTIY TAJRIBA VA ERTANGI MUVAFAQIYAT OMILI

×

 2024-07-10 20:42:33    637

PDF yuklash
Chop etish


Oltiariq tumani hokimligi va "Nuroniy" jamg’armasi tuman bo’limi tashabbusi bilan "uch avlod uchrashuvi" o’tkazildi.

Tadbirda Respublika "Nuroniy" jamg’armasi boshqaruvi raisi, senator,O’zbekiston Qaxramoni Sodiqjon Turdiyev hamda viloyat "Nuroniy" jamg’armasi raisi Zokirjon Raxmonov ishtirok etdilar.

Tuman hokimi Shamsiddin Turdaliyev Oltiariqda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlarda nuroniylarning o’rni va tajribasi alohida ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi.

Respublika rahbari S.Turdiyev o’z so’zida mamlakatimizda keksa va nuroniylarni har tomonlama qo’llab-quvvatlanayotgani zamirida ularni yosh avlod vakillariga ibrat maktabi bo’lib xizmat qilishi, ko’p yillar yurt farovonligi yo’lida kamarbasta bo’lishlari nazarda tutilgani haqida gapirdi.

Ayniqsa, oltiariqliklarga xurmat va e'tibori balandligini bildirdi.

Yangi O’zbekiston bunyodkorlari, Uchinchi Renesans poydevorining yaratuvchilari safida nuroniylar hamisha peshqadam bo’lishlari lozimligini ta'kidladi.

Oila va mahallada, ijtimoiy turmushimizda, yoshlar tarbiyasida keksalarning xayotiy tajribasi muhim ahamiyat kasb etadi.

Tuman "Nuroniy" jamg’armasi raisi K.Parmonov, so’ngi besh yillikda Oltiariqda uzoq umr ko’rayotgan keksalarimiz soni 7 foizdan 11 foizga ko’tarilganini quvonch bilan gapirdi.

Bir guruh faol nuroniylar hamda mahalla xodimlariga Respublika "Nuroniy" jamg’armasi Boshqaruvining "Tashakkurnoma" va sovg’alari topshirildi.

Davraga oltiariqlik san'atkorlar, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Q.Tojiyev hamda S.Raximovlarning dilrabo qo’shiqlari yanada fayz kiritdi.

Oltiariq tuman hokimligi axborot xizmati.