Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
OLTIARIQ TUMANIDA AHOLI MUAMMOLARINI O’RGANISH VA HAL ETISH, BANDLIGINI TA'MINLASH BO’YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
2024-07-06 13:43:55 963
Hisob palatasi raisi Oltiariq tumani mahalla fuqarolar yig’inlarida "ettilik" jamoasi bilan uchrashib, joyida ular bilan birgalikda ishlar tashkil qilishda qatnashdi.
“Sayxunobod tajribasi” asosida “mahalla drayveri”ni rivojlantirish bo’yicha mas'ullarga zarur tavsiyalar berildi.
Xususan Oltiariq tumanida “Kichik biznesni uzluksiz qo’llab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida 35 nafar fuqaroga 3,236 mlrd so’m va 877 nafar fuqaroga “Oilaviy tadbirkorlik dasturi” doirasida 20,725 mlrd so’m miqdorda kredit, 409 nafar o’zini-o’zi band qilgan shaxslarga 3,453 mlrd so’m miqdorda mikroqarzlar ajratildi.
Bundan tashqari har bir mahallaga to’liq kirib borgan holda tumandagi 72 ta mahallalarga biznes rejalar ishlab chiqildi.
Mas'ul banklar tomonidan tomorqasi mavjud xonadonlarning daromadini 50-60 mln so’mga ko’tarish bo’yicha 342 nafar aholining bandligi ta'minlandi.