Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“MISSIONERLIK – DINLARARO NIFOQDIR”
2024-06-11 12:15:18 919
Missionerlik harakati diniy aqidaparastlik, fundamentalizm, ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik singari global muammolardan biriga aylanib bormoqda. Xozirgi kunga kelib dunyo miqyosida mazkur illatga qarshi kurashish juda ko’plab mamlakatlarda dolzarb vazifalardan biri sifatida e'tirof etilmoqda. Missionerlik nafaqat insonlarning e'tikodiga, balki turli din, millat va elatlarning hamjihatligiga rahna solmoqda. Natijada ayrim mamlakatlardagi ijtimoiy, siyosiy, madaniy va ma'naviy munosabatlarga ham bevosita salbiy ta'sir ko’rsatmoqda.
Bugungi kunga kelib zamonaviy axborot maydonidagi harakatlarning jadallashuvi oqibatida mafkuraviy ta'sir o’tkazish nihoyatda o’tkir qurolga aylanmoqda. Buni yaxshi anglagan turli siyosiy kuchlar missionerlikdan o’z manfaat va maqsadlari yulida foydalanishayapti.
Missionerlik tashkilotlari o’z faoliyati to’g’risidagi muayyan axborotni maxfiy ravishda saqlash orqali jamiyat va davlat miqyosidagi jarayonlarga ta'sir ko’rsatishga intilishadi. Xususan, jamiyat va mamlakatdagi real hayotni rad etish, haqiqatni buzib ko’rsatish vositasida o’zlarining faoliyatini niqoblashga harakat qilish xolatlari kuzatilmoqda. Missionerlikning asosiy maqsadi jamiyatda o’zlariga xayrixoh bo’lgan guruhlar va tarafdorlar sonini shakllantirish, ko’paytirish orqali o’z nazoratini o’rnatishdir.
Ayniqsa, bir dinga e'tiqod qiluvchilar orasiga nizo va nifoq solish yordamida fuqarolarni o’zga dinga o’tkazishga bo’lgan intilishlar tobora ko’chaymoqda. Xususan, musulmonlarni xristianlikka, xristianlarni esa krishnachilikka, provaslavlarni protestantlikka da'vat etish bevosita missionerlik natijasida amalga oshirilmoqda. Missionerlik tarafdorlari tomonidan insonlarni tashkilotga a'zo qilishda, eng avvalo, ularning ma'naviyatiga ta'sir ko’rsatish muxim o’rin egallaydi.
Missionerlar xali ongi shakllanmagan, missionerlik to’g’risida aniq bilim va tasavvurga ega bulmagan insonlarning ongi va qalbini zabt etish orqali ularni o’z tuzog’iga ilintirish payida bo’lishadi. Ayniqsa, tashkilotdan chiqib ketishga intilayotgan a'zolarini: «Agar sen safimizdan chiqib ketsang, hayoting chilparchin bo’ladi, duzaxga tushasan» deb qo’rkitishadi.
Missionerlik faoliyatida inson irodasini sindirish, uning fikrlari, xissiyoti va xulqini nazorat qilishga qaratilgan psixologik ta'sir vositalaridan foydalaniladi. Ular aldash, firibgarlik orqali insonlarni to’g’ri yuldan adashtirishadi. Xususan, o’zlarining buzg’unchi g’oyalarini targ’ib-tashviq qilib, boshqalarni ajdodlari e'tikod qilgan dindan voz kechtirishadi.
Agar missionerlik strategiyasiga e'tibor qaratsak, ular ko’pincha e'tikodi sust yoshlar, siyosiy va diniy bilimlari sayoz bo’lgan soddadil fuqarolar orasida o’zlarining balandparvoz diniy g’oyalarini targ’ib qilish orqali ularni o’z tuzog’iga ilintirayotganiga amin bo’lamiz.
Ayniqsa, o’z rahnamolarini ulug’lash orqali go’yoki, ularning asl din va diniy ta'limotlarni targ’ib etishda fidoyilik ko’rsatayotganligini ta'kidlashadi. Shuningdek, missionerlik faoliyatini targ’ib etuvchi «asar»larni og’iz ko’pirtirib maqtashadi. Natijada dindorlar o’rtasidagi ahillik, hamjihatlik, totuvlikka rahna solishadi.
Missionerlik tashkilotlari birinchi galda iqtidorli, serg’ayrat va aqlli yoshlarni «ovlash»ga astoydil harakat qilishadi. Ularning ta'siriga tushgan yoshlarning aksariyati oilaviy munosabatlar, jamiyat hayoti va mamlakat manfaatlaridan voz kechishi xolatlari kuzatilmoqda.