Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YANA BIR MUROJAAT DEPUTAT TOMONIDAN IJOBIY HAL ETILDI.
2024-05-25 20:55:37 1321
Xabaringiz bor shu kunlarda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Baxromjon Rahmonaliyev o'z saylov okrugida fuqarolar bilan uchrashuvlar olib bormoqda.
Murojaatlar yuzasidan o'tgan oyda Oltiariq tumanining Katput va Azimobod hududlarida deputat fuqarolar bilan uchrashuvlar olib borgan edi.
Katput mfy hududida yashovchi fuqarolar tomonidan Farg'ona - Qo'qon avtomagistral yo'lida joylashgan
11 va 43 maktablarning piyodalar o'tish yo'lagiga hamda Azimobod qishlog'ining kirish qismiga svetafor bilan ta'minlash bo'yicha ko'plab murojaatlar kelib tushgan edi.
Ushbu murojaat yuzasidan deputat tomonidan tegishli mutasaddilarga deputatlik so'rovi yuborildi.
Deputatlik so'rovi ijobiy hal etilib, mutasaddilar tomonidan zamonaviy svetaforlar o'rnatilib foydalanishga topshirildi.
Ushbu ishda amaliy yordam bergan barcha mutasaddilarga minnatdorchilik bildiramiz.