Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FUQAROLAR MUROJAATI IJOBIY XAL QILINDI..
2024-05-23 20:24:19 1287
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Baxromjon Rahmonaliyev o'z saylov okrugida fuqarolar bilan doimiy uchrashuvlar olib bormoqda.
Ushbu uchrashuvlar mobaynida fuqarolarni qiynab kelayotgan muammo va takliflar olinib tegishli mutasaddilarga yetkazib kelinmoqda.
Jumladan:
Oltiariq tumanining Azimobod qishlog'i fuqarolari tomonidan qishloqning kirish qismiga svetafor bilan ta'minlash bo'yicha murojaat qilingan edi.
Deputat tashabbusi bilan bugun ushbu qilingan murojaat amalda bajarildi. Azimobod qishlog'ining markaziga zamonaviy svetafor o'rnatilib foydalanishga topshirildi.
Ushbu ishda amaliy yordam bergan barcha mutasaddilarga o'z minnadorchiligimizni bildiramiz.