Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
OLTIARIQ TUMAN “INSON” IJTIMOIY XIZMATLAR MARKAZI ISH FAOLIYATIDAN
2024-05-22 12:23:10 1383
Prezidentimizning 2023 yil 1 iyundagi «Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko’rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo’lga qo’yish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar to’g’risida»gi PF-82 farmoniga asosan joylarda aholini manzilli himoya qilishning asosiy yo’nalishlari belgilandi. Shunga asosan endilikda og’ir ahvolga tushib qolgan aholiga individual yondashuvga muvofiq ijtimoiy xizmat va yordam ko’rsatish yo’lga qo’yiladi. Farmon ijrosi doirasida turli vazirliklar tarkibida tarqoq faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xizmatlar birlashtirilib 2023 yil 1 iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi prezidenti xuzuridagi Ijtimoiy ximoya milliy agentligi faoliyatini tashkil etish tugrisida»gi PK-176 sonli karori kabul kilindi va ushbu karor buyicha xar bir tuman va shaxarlarda axoliga ijtimoiy xizmatlar kursatuvchi «Inson» ijtimoiy xizmatlar Markazlari o’z ish faoliyatini boshladi.
Markazda jismoniy imkoniyati cheklangan hamda og’ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan aholiga individual yondashuv asosida professional ijtimoiy xizmat va yordamlar ko’rsatiladi. Joylardagi ijtimoiy xodimlar faoliyati bevosita mahalla bilan bog’liq bo’ladi. Mahalladagi mavjud «beshlik»ka ijtimoiy xizmatlar xodimlarining ham qo’shilishi, albatta, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini to’la qamrab olish, sifatli va professional ijtimoiy xizmat ko’rsatish orqali ularning og’irini yengil qilish, muammolarini hal etishga yaqindan yordam beradi.
Markaz orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam yagona tizimga jamlanadi, ularga ko’rsatilayotgan ijtimoiy xizmat va yordamlar yagona dastur doirasida muvofiqlashtiriladi, fuqarolarga bir joyda ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish tizimi joriy etiladi, asosiysi, imkoniyati cheklangan fuqarolarning jamiyatdan ajralib qolishiga yo’l qo’yilmaydi.
Markazning joylardagi maxallada kompleks ijtimoiy xizmatlarni ko’rsatuvchi ijtimoiy xodimlari tomonidan 12 toifadagi ijtimoiy ximoyaga muxtoj axoli katlamiga ijtimoiy xizmat va yordamlar ko’rsatilib kelinadi, bular o’zgalar parvarishiga muxtojlar, nogironligi bo’lgan shaxslar, taz'iq va zo’ravonlikka uchraganlar, kam ta'minlangan oilalar, yetim bolalar, ota-onalik xuquqidakhn maxrum etilmasdan farzanlari olib ketilgan ota-onalar, voyaga yetmagan onalar va otalar, ota-onasi xorijiy davlatga ketgan bolalar, muayyan yashash joyiga ega bo’lmagan shaxslar, ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalar,Ozodlikdan maxrum etish jazosini o’tab bo’lgan fuqarolar, texnogen, tabiiy vam ekologik tusdagi favqulottda vaziyatlardan jabrlangan shaxslar va boshqalar.
Bugungi kunda Markazda axoliga kuyidagi 49 turdagi xizmatlar kursatiladi:
Uzgalar parvarishiga muhtoj bulgan yolgiz yashovchi hamda yolgiz keksalar va nogironligi bulgan shaxslar buyicha.
Har yili bir marotaba chuqurlashtirilgan tibbiy kurikdan utkazish buyicha jadvalni tuzish ishlarini tashkil etish
Talabgorlarni o’zgalar parvarishiga muhtoj bo’lgan yolg’iz yashovchi yoki yolg’iz keksa va nogironligi bo’lgan shaxs deb e'tirof etish yoki bekor qilish, shuningdek yolg’iz keksalar va nogironligi bo’lgan shaxslar ro’yxatiga kiritish (undan chiqarish)
Nogironligi bo’lgan shaxslar, og’ir kasallikka chalinganlar, shuningdek, jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo’lgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo’lgan bolalar bo’yicha.
Nogironligi bo’lgan shaxslar uchun protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta'minlash uchun sertifikat rasmiylashtirish
Mehnatga layoqatli nogironligi bo’lgan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining tavsiyasi hamda yo’llanmasiga asosan bandligini ta'minlash yoki kasbga tayyorlash bo’yicha tuman (shahar) Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bo’limiga yo’naltirish va monitoringini olib borish
Tazyiq va zo’ravonlik holatlari bo’yicha.
Tazyiqqa uchragan xotin-qizlar va voyaga yetmaganlarga psixologik xizmat ko’rsatish
Tazyiq va zo’ravonlikdan jabr ko’rgan xotin-qizlar va ularning farzandlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudlarga ariza (shikoyat) va da'volar kiritish
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi va uning hududiy bo’limlariga joylashtirilgan ayollarning voyaga yetmagan farzandlarini eng yaqin hududdagi imtiyozli shartlarda maktabgacha hamda umumiy o’rta ta'lim muassasalariga vaqtincha joylashtirish bo’yicha talabnoma kiritish
Etim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan hamda to’liq bo’lmagan oilalardagi bolalar bo’yicha.
Bolaning ota-onasi qayerdaligi haqida bir yil davomida ma'lumotlar bo’lmasa, ularni «bedarak yo’qolgan» deb topish choralarini ko’rish uchun ma'lumotlarni vasiylik va homiylik organiga kiritish
Aholi orasida tegishli tashviqotlarni olib borish natijasida, yetim va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni o’z oilasiga olishi mumkin bo’lgan shaxslar ro’yxatini shakllantirish hamda ularni vasiylik va homiylik organiga kiritish
Ota-onalik huquqidan mahrum etilmasdan farzandlari olib ketilgan ota-onalar bo’yicha.
Oilada bolaning hayoti yoki sog’lig’iga bevosita xavf solayotgan omillar bartaraf etilganda ota-onalik huquqlarini tiklash choralarini ko’rish
Hayoti va sog’lig’iga bevosita xavf mavjud bo’lgan bolalar to’g’risidagi ma'lumotlarni vasiylik va homiylik organiga vakil tayinlash uchun yuborish
Voyaga yetmagan (18 yoshgacha bo’lgan) onalar va otalar bo’yicha.
18 yoshgacha bo’lgan onalar va otalarni ota-onalik ko’nikmalarini rivojlantirishga, farzand parvarishiga o’qitishni tashkil qilish
Ota-onasi xorijiy davlatlarga ketgan, shu jumladan tashqi mehnat migratsiyasiga ketgan bolalar hamda voyaga yetmagan (18 yoshgacha bo’lgan) yolg’iz onalar va otalar bo’yicha.
Ota-onasining har ikkisi (yoki to’liq bo’lmagan oilalar bo’yicha otasi yoki onasi) uch oydan ortiq muddatga chet elga ketgan bolalarni aniqlash hamda ma'lumotlarni vasiylik va homiylik organiga yuborish
Ijtimoiy to’lovlar bo’yicha.
Kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash uchun arizalarni «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimiga kiritish
Yoshga doir, nogironlik, boquvchisini yo’qotganlik, nogironligi bo’lgan 18 yoshgacha bolalar va nogironligi bo’lgan bolalarni parvarishlayotgan onalar uchun hamda bola tug’ilganda beriladigan nafaqalarni to’lash
Dafn nafaqasini to’lash
Kam ta'minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa tayinlashga ariza qabul qilish
Kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlashga ariza qabul qilish.
Markaz raxbari tomonidan 2024 yilga tumandagi 72 ta maxallalarda aholi murojaatlari yuzasidan sayyor qabullar o’tkazilishi rejasi tasdiqlangan bo’lib, xozirgi kungacha 23 ta MFYlarda markaz raxbari qabullari o’tkazilib 158 nafar murojaatchining masalasi bevosita joyida ko’rib chikilib tegishliligicha xal etildi. Qabullarda fuqarolar asosan kuyidagi masalalarda murojaat etishdi, bular:
1.Kam ta'minlangan oilalarga beriladigan bolalar nafaqasi va moddiy yordam masalasida 121ta
2.Keksa va nogironligi bor shaxslar(shu jumladan nogironligi bor bolalar)ga Reabilitatsiya texnik vositalari va Protez ortopediya maxsulotlari masalasida 7 ta
3. Agentlik tasarrufidagi Sanatoriyalarga yullanma olish masalasida 9 ta
4. Boshqa masalalarda 21 ta murojaatlar.
Xozirgi kungacha Oltiariq tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi operatorlari tomonidan markazga tashrif buyurgan 901 nafar fukarolarning 49 turdagi ijtimoiy xizmat va yordamlar buyicha murojaatlari ruyxatdan utkazilib tegishliligi buyicha ijrosini ta'minlash maksadida markaz shu'balariga va Agentlik tasarrufidagi muassasalar xamda boshka idora va muassasalarga yo’naltirildi.
2024 yil 1 mart sanasidan tumandagi 72 ta MFYlar oila soniga karab 16 xudud 32 uchastkaga bo’linib 32 nafar maxallada kompleks ijtimoiy xizmatlar kursatuvchi ijtimoiy xodimlar o’z ish faoliyatini boshladi.
Ijtimoiy xodimlar tomonidan o’z xududlari maxallalarining ijtimoiy pasportlari shakllantirilib borilmokda, pasportlar shaklantirishda ijtimoiy ximoyaga muxtoj, og’ir vaziyatga tushib qolgan 12 turdagi aholi toifalarini aniklash va mavjudlarini kayta xatlovdan utkazish orkali amalga oshirilmokda Aholi o’rtasida VMning 2023 yil 14 oktyabrdagi 596-sonli qarori bilan aholiga kam ta'minlangan oilalar farzandlariga beriladigan bolalar nafakasi va moddiy yordam berilish tartibi o’zgartirilganligi sababli nafalar tayinlanishi masalasida fuqarolarga doimiy tushuntirish ishlari olib borilishi
xamda oilalarning ijtimoiylashuvi va moddiy axvoli yaxshilanishi oqibatida, ushbu toifadagi murojaatlar sonini rejali kamaytirilishiga erishilmokda.
Oltiariq tumanida vasiylik va homiylikka olinganlar jami soni 103 nafarni tashkil qiladi. Vasiylikka 57 nafar, ulardan 29 nafarini qizlar, Homiylikka 46 nafar, ulardan 21 nafarini qizlar tashkil qiladi. Vasiylik va homiylikka olinganlarni 21 nafarini chin yetimlar tashkil qiladi. Shuningdek 45 nafar yetim va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar “Mehr daftari” tizimiga kiritilgan.
2024-yil may xolatiga yetim va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarga vasiy va xomiylik tayinlash bo’yicha 22 nafar murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatlar bo’yicha, 13 nafar voyaga yetmaganga vasiylik va 2 nafar voyaga yetmaganga xomiylik tayinlandi. Shuningdek, 2 nafar voyaga yetmaganga vasiylik tayinlash jarayoni ketmoqda.
Joriy yilda, Bolalalar masalalari bo’yicha tuman komissiyasi tomonidan 9 ta komissiya majlisi o’tkazilib, unda 5 ta turli masalalardagi voyaga yetmaganlarga oid ishlar ko’rildi. 2 nafar voyaga yetmagan Sirdaryo viloyati Baxt shaxridagi o’g’il bolalar maxsus maktabiga yuborildi, 1 nafar voyaga yetmaganga jamoatchi murabbiy tayinlandi, 6 nafar voyaga yetmaganni ta'lim olishi bilan bog’liq masala ko’rildi.
Tumanda O’zgalar parvarishiga muxtoj yolg’iz yashovchi va yolg’iz keksalar va nogironligi bor shaxslar 173 nafarni tashkil etib, markaz xodimlar va maxallalarda kompleks ijtimoiy xizmat ko’rsatuvchi xodimlar tarafidan doimiy yashash sharoiti, sog’ligi xamda ijtimoiy ahvoli yuzasidan monitoringi o’tkaziladi, xar biriga ijtimoiy xizmatlarni ko’rsatish va uyida ko’maklashish maqsadida ijtimoiy assistentlar biriktirilgan. Sho’ba tomonidan Muruvat uyiga joylashtrilgan fuqarolar 1 nafar, Sixatgoxlarga bepul davolanish uchun yunaltirilganlar soni 170 nafar, Baynalminalchi jangchilar va Chernobilchilarning 5 nafariga reabilitatsiya va sog’lomlashtirish uchun orderlar olib berildi. Bundan tashqari ishlash istagi bo’lgan nogironligi bor shaxslarning 15 nafari ishga joylandi, jumladan 12 nafari jamoatchilik asosida,1nafari Unversalbank filialiga, 1 nafari Xalq bankiga joylashtirildi. 5 tashabus paraolimpiyadasida 140 nafar nogironligi bo’lgan shaxs qatnashib, 2 nafari Respublika bosqichida qatnashdi.
Oltiariq tumanida jami 4861 nafar nogironligi bo’lgan shaxslar mavjud bo’lib shundan, 378 nafari 1-gurux, 3289 nafari 2-gurux, 264 nafari 3-gurux va 930 nafari bolalikdan nogironligi bo’lgan shaxslarni tashkil etadi.
2024 yil yanvar-may oylari davomida 103 nafar muhtoj shaxslar protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta'minlash maqsadida murojaat qilishgan.
Muhtoj shaxslarning 39 nafariga o’rindiqli aravachalarga shundan: 10 nafariga elektr yuritmali kreslo-aravachaga, 29 nafariga sayr qilishga mo’ljallangan o’rindiqli aravachaga, 10 nafariga qo’ltiq tayoq mahsulotiga, 3 nafariga xassaga, 4 nafariga yurish moslamasi (xodunok)ga, 11 nafariga eshitish moslamasiga, 2 nafariga tirsakli qo’ltiq tayoqga, 1 nafariga peshob qabul qilgichga, 2 nafariga ko’zi ojizlar xassasiga va 11 nafariga protez-ortopediya moslamalari (qo’l protez, oyoq protez, ko’krak protez, son protez, yelka protez, kaft protez) uchun sertifikatlar rasmiylashtirib topshirildi.
13 nafar muhtoj shaxslarning mahsulotlari “Ortopediya mahsulotlari“ va “Ortopediya reabilitatsiya” korxonalarida ishlovida.
Xozirgi kunda Markaz o’z ish faoliyatida kuyidagi normativ xukukiy xujjatlar asosida ish faoliyati olib bormoqda.
1.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 1 iyundagi PF-82-son farmoni.
2.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 1 iyundagi PQ-176-son qarori.
Vazirlar Maxkamasining 3.2023 yil 14 oktyabrdagi 539-son qarori.
4.Vazirlar Maxkamasining 2023 yil 10 noyabrdagi 596-son qarori.
5.Vazirlar Maxkamasining 2024 yil 11 martdagi 123 -son qarori.
6.Vazirlar Maxkamasining 2024 yil 30 apreldagi 253-son qarori va boshqalar