Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
OLTIARIQ TUMAN HOKIMINING 1-SEKTORDA SAYYOR QABULI - XALQ BILAN OCHIQ MULOQOT
2024-05-07 16:29:25 313
Joriy yilning 7-may kuni Oltiariq tuman hokimi, 1-sektor raxbari Sh.Turdaliyev tomonidan Qiziltepa MFY 29-sonli umumta'lim maktabida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo’yicha fuqarolar sayyor qabuli o’tkazildi.
Mazkur qabulda jami 11 nafar fuqarolarning murojaatlari ko’rib chiqildi.
Qabul davomida piyodalar yo’lakchasi, elektr, ichimlik suvi, internet tarmog’ini tortish, va boshqa turli masalalar bo’yicha murojaatlar ro’yhatga olinib, 2-nafar murojaat joyida ijobiy xal etildi.
Qolgan murojaatlarni o’z muddatlarida ijrosini ta'minlash bo’yicha tegishli tashkilot va muassasa rahbarlariga topshiriqlar berildi, va ijrosi nazoratga olindi.
Oltiariq tuman hokimligi axborot xizmati.