Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
DEHQON XO’JALIGI YURITISHLARI UCHUN YOSHLARGA YER MAYDONLARI AJRATILMOQDA
2024-04-15 15:11:20 1388
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligi ta'minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o’zlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori ijrosini ta'minlash, yoshlarning dehqonchilik bilan shug’ullanishlari, daromad manbalarini yaratishlariga ko’maklashish uchun yer maydonlari ajratish belgilangan.
Bugun Oltiariq tumanidagi Oqbo’yra va Qaxramon MFYlarda yashovchi bir guruh yoshlarga dehqon xo’jaligi tashkil qilishlari uchun yerlar "mahalla yettiligi" tavsiyasi asosida ajratib berildi.
Tuman hokimi Shamsiddin Turdaliyev, sektor rahbarlari va bir guruh mutasaddilar tomonidan mazkur yer maydonlari o’z egalariga topshirildi.
Ajratilgan yerlarda haridorgir, eksportbop ekinlar yetishtirish va ularni sotishga ko’maklashish maqsadida kooperatsiya va klasterlarga biriktirish, zaruriy urug’lik, mineral o’g’it va yoqilg’i mahsulotlari bilan ta'minlash bo’yicha mas'ullarga ko’rsatmalar berildi.
Oltiariq tuman hokimligi axborot xizmati.