Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
AHOLI XONADONLARIDA BALIQCHILIK TASHKIL ETILMOQDA
2024-04-03 18:28:38 856
Oltiariq tumanida aholi bandigini ta'minlash va daromadlarini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilyapti.
Jumladan, Farg’ona baliq sanoati uyushmasi rahbari X.Dadaxonov, tuman hokimining birinchi o’rinbosari I.G’ofurov, kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi boshlig’i U.Mirzamuxamedov mahalla hokim yordamchilari bilan birgalikda aholiga baliqchilik yo’nalishi bilan shug’ullanish bo’yicha tushuntirish ishlarini olib borishmoqda.
Obod MFYda yashovchi fuqaro Ozodaxon Madvaliyeva ham o’z xonadonida baliq parvarishlash maqsadida mutaxassislardan kerakli tavsiyalarni oldi.
Fuqaroga baliqchilik yo’nalishida yetishtirgan har bir kilogram mahsulot uchun 1500-3000 so’mgacha subsidiya mablag’lari berilishi tushuntirildi.
Xozirda fuqaroga Oilaviy tadbirkorlik yunalishida faoliyatini yo’lga qo’yishi uchun hokim yordamchisining tavsiyasi asrsida 33 mln so’m imtiyozli kredit berildi.
Oltiariq tumanida shu kabi 20 dan ortiq xonadonlarga qo’shimcha daromad sifatida baliqchilik faoliyati bilan shug’ullanishoari uchun imtiyozli kereditlar ajiratilib, axoliga arzon va sifatli baliq mahsulotlar yetkazib berish rejalashtirilgan.