Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
OLTIARIQ TUMAN IIB PROBATSIYA GURUHI XISOBIDA TURGAN MAHKUMLAR ISHTIROKIDA SAYYOR SUD MAJLISI O’TKAZILDI HAMDA "MEHNAT YARMARKASI" TASHKIL ETILDI
2024-03-18 17:08:01 689
Oltiariq Musiqa va san'at maktabida bo’lib o’tgan sayyor sudda jinoyat ishlari bo’yicha Oltiariq tuman Sudining sudyasi J.Xo’jamberdiyev raislik qildi.
Sud jarayonida tuman IIB boshlig’i, polkovnik I.Sotvoldiyevning taqdimnomasiga asosan ish ko’rib chiqildi. Sudlar tomonidan tayinlangan jazoni o’tash tartib qoidalariga amal qilmagan holda belgilangan majburiyatlarni bajarishdan bo’yin tovlab yurgan uch nafar shaxsning jazo turi og’iriga almashtirildi. Shuningdek, bir nafar mahkumning o’talmay qolgan ahloq tuzatish ishlari muddati ozodlikdan maxrum qilish jazo turiga almashtirildi.
Shu kuni tuman IIB boshlig’i tashabbusi bilan "Mehnat yarmarkasi" tashkil qilindi. Probatsiya ro’yxatida turgan hamda jinoyatchilikka moyilligi bo’lgan ishsiz fuqarolar uchun tumandagi korxona va tashkilotlarda mavjud bo’sh ish o’rinlari tavsiya etildi. Ular ishtirokida profilaktik suhbatlar o’tkazildi.