Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
ROʻYXATGA OLISH JARAYONIDA DEMOGRAFIK XUSUSIYATLARNI ANIQLASH
2024-02-28 19:43:24 336
Aholining “jinsi”, “yoshi” va “nikoh holati” demografik xususiyatlari turli xil ijtimoiy-iqtisodiy va demografik masalalarni tushunishga yordam berish uchun roʻyxatga olish boshqa maʼlumotlarini tasniflash va ularni taqdim yetishda muhim hisoblanadi. Jins va yoshga kelsak, bu maʼlumot roʻyxatga olish doirasida soʻrov bilan qamrab olinadigan har bir shaxs boʻyicha maʼlumot yigʻilishi shart. Shundan kelib chiqqan holda, bunday maʼlumotlar tugallanmagan hollarda, “aniqlanmagan” javob variantini oldini olish maqsadida shartli yoki qoʻshimcha belgilardan foydalanish tavsiya yetiladi.
Roʻyxatga olish milliy darajada tugʻilishni baholashni samarali tarzda hisoblash uchun maʼlumotlarni toʻplash imkonini beradi. Roʻyxatga olish doirasida tugʻilishni oʻrganish aholining tabiiy harakati statistikasining ishonchli tizimiga ega boʻlmagan mamlakatlarda, uning maʼlumotlarini hisoblash uchun taqdim etish imkoniyati tufayli boshqa hollarda mumkin boʻlmagan aholining tabiiy harakati koʻrsatkichlarini ololmasligi uchun juda muhim hisoblanib, hatto tugʻilishni toʻliq roʻyxatga olish tizimiga ega mamlakatlar ham, baʼzi bir savollarni (“tirik tugʻilgan bolalar” soni, “yashayotgan bolalar”, “nikohga kirish yoshi”) qoʻshish foydali hisoblanadi. Negaki, registr maʼlumotlarida mavjud boʻlmagan maʼlumotlarni, jumladan, ijtimoy-iqtisodiy xususiyatlarini aks ettirgan jadvallarni olish imkonini beradi.
E. Normatov Oltiariq tumani Statistika bo‘limi boshlig‘i.