Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
KORRUPTSIYA – JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TAHDID
2024-02-14 11:12:29 735
Mamlakat taraqqiyotiga rahna soladigan illatlardan biri – bu korruptsiyadir. Korruptsiya – mansab mavqeidan shaxsiy manfaatlarda foydalanish bilan bog’liq bo’lgan jinoyatdir. U xufyona iqtisodiyotning asosiy turlaridan biri. Achinarlisi, bu illat fuqaroning davlat vakili bilan bo’lgan ma'muriy munosabatlari mazmunini o’zgartiradi va jamiyat uchun ham, davlat uchun ham salbiy oqibatlarga sabab bo’ladi. Bugungi kunda mazkur illatdan butkul qutulish yo’lida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Korruptsiyaga qarshi kurashish, uni bartaraf etish bo’yicha huquqni muhofaza qilish organlari va jamoatchilik tomonidan turli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Korruptsiyaga qarshi kurashish borasida ko’plab xalqaro hujjatlar imzolab chiqilgan. Ayni vaqtda, mamlakatimizda bu borada qabul qilingan xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilish bilan birga, korruptsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda uning oldini olishga qaratilgan milliy-huquqiy baza va tizimli amaliyot shakllangan. 2017 yil 3 yanvardagi «Korruptsiga qarshi kurashish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga soldi. Ushbu qonun bilan fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, ochiqlik va shaffoflik, tizimlilik, davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi, korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi, javobgarlikning muqarrarligi belgilandi.
Poraxo’rlikka barham berish borasidagi huquqiy hujjatlarga muvofiq, mamlakatimizda pora olgan, shu bilan birga, pora bergan fuqarolar ham javobgarlikka tortilishi belgilab qo’yilgan. Afsuski, ayrim yurtdoshlarimiz ana shu jinoyatga bosh qo’shmoqdalar.
Davlat ishonchi bilan berilgan har qanday mansab yoki vakolatlar uni suiiste'mol qilish, nafs yo’rig’i bilan yurt va odamlar haqqiga xiyonat qilish huquqini aslo bermaydi. Ko’zi shaxsiy manfaat pardasi bilan to’silgan kimsalardagi bu illat, shubhasiz, o’z egasini sharmandali xolga solib, uni el ichida beobro’ qiladi, alamli afsuslar domiga tashlaydi.
Korruptsiyaga qarshi kurashish nafaqat huquq-tartibot idoralarining, balki butun jamiyatning vazifasidir.