Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
VOYAGA YETMAGANLAR NAZORATSIZLIGIGA YO’L QO’YILMAYDI
2024-02-03 16:26:43 464
Farg’ona viloyati IIB boshlig’i, general-mayor A.Ikramovning alohida topshirig’iga asosan Oltiariq tumanida voyaga yetmaganlar o’rtasida jinoyatchilik va xuquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida tuman Ichki Ishlar bo’limi boshlig’i, polkovnik I.Sotvoldiyev tomonidan Voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash bo’limi inspektor-psixologlariga yo’riqnoma o’tkazilib, avtobus tadbiriga jalb etildi.
Avtobus tadbirini tashkil etishdan asosiy maqsad, darsga qatnashmay tuman markazidagi ko’ngilochar joylarida nazoratsiz yurgan voyaga yetmaganlarni aniqlash, ularni ta'limga jalb etishdan iborat.
Tadbir davomida dars vaqtida kompyuterxona va bozorlarda nazoratsiz yurgan voyaga yetmaganlar aniqlanib, ular bilan maktab pedogolari va ota-onalari ishtirokida profilaktik ishlar olib borilib, qonuniy tartibda chora ko’rildi.