Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
NOQONUNIY QUROL SAQLAMANG!
2024-02-01 09:24:28 536
Sobiq sho’rolar tuzumi davrida tabiatga, xayvonot olamiga, atrof-muhitga o’ta beparvolik bilan munosabatda bo’linar edi.
Shu tufayli ham juda ko’p yo’nalishlarda e'tiborsizlik oqibatida tabiiy muvozanat buzilardi.
Oddiy misol: kimki, paxta tayyorlash rejasini oldindan bajarsa, o’sha xo’jalik raisiga ov quroli sovg’a tariqasida berilgan paytlar ham bo’lgan.
Bundan tashqari, keyinchalik ov quroli maxsus do’konlarda ham sotila boshlandi.
Oqibatda xuda-bexuda ov qilish kuchayib ketdi, buning natijasida esa qushlar va xayvonot dunyosiga qiron keltirila boshlandi. Xatto jinoyatlar khpayib, ov quroli vositasida fuqarolar bir-birlarini otib qo’ygan xolatlar ham ko’p bo’ldi.
Mustaqillik yillarida khngilsizliklarning oldini olish maqsadida noqonuniy ov qurolidan foydalanish tegishli me'yoriy xujjatlar asosida taqiqlab qhyildi.
Mamlakatimizda ov qurollarini yashirin tarzda saqlash, ulardan xuda-bexuda foydalanish taqiqlangan bhlib, bu davlat tomonidan qat'iy tartibda nazoratga olingan.
Bu borada doimiy targ’ibot-tashviqot ishlari olib borilishi natijasida, noqonuniy ov quroli saqlayotgan fuqarolar hz ixtiyorlari bilan ov qurollarini xududlardagi ichki ishlar bo’limlariga keltirib berganlar.
Lekin shunga qaramay, xamon uylarida noqonuniy ov qurollari saqlab kelayotgan fuqarolar ham uchrab turibdi.
Kimdir «Otamdan qolgan meros» deb, kimdir esa «Shu paytgacha hech kim bilmadi, bundan keyin ham bilmas» deya xamon noqonuniy ov quroli saqlab kelayotgan bhlishi mumkin. Bunday fuqarolarga maslahatimiz shu: noqonuniy ov qurolini hech kechiktirmay ichki ishlar bo’limiga topshiring. Hz ixtiyoringiz bilan topshirsangiz, sizga hech qanday jazo qo’llanilmaydi. Aksincha bo’lsa, o’zingizdan o’pkalayvering.
Beparvolik va e'tiborsizlik sabab qolib ketgan ushbu noqonuniy mahsulotlar jinoyatchi nomini olishingizga sabab bhlishi mumkin.
Nima bo’lganda ham, jinoyat jazosiz qolmaydi.