Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

AXBOROT XURUJLARI – JAMIYAT RAVNAQIGA TAHDID

×

 2024-01-23 14:37:46    729

PDF yuklash
Chop etish


Axborot xurujiga berilgan turlicha ta'riflar mavjud. Ayrim mutaxassislarning fikricha, axborot xuruji bu – raqib ustidan axborot hukmronligiga erishish va shuning evaziga unga moddiy, mafkuraviy yoki boshqacha zarar yetkazish uchun davlatning harbiy kuchlari, hukumati xamda xususiy tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar va operatsiyalar majmuasidir.

Mamlakatimizga nisbatan amalga oshirilgan va oshirilayotgan axborot xurujlarining asosiy maqsadi – davlat va xalq o’rtasida ishonchsizlikni, aholida shubha, ikkilanish, parokandalik, tartibsizlikni keltirib chiqarishdir.

Shuni ta'kidlash kerakki, mustaqillik yillarida mamlakatimiz davlat apparatiga nisbatan turli kuchlar tomonidan ta'sir qilish, muayyan talablarini bajartirish maqsadida axborot xurujlari tashkil qilib kelinayotganligi ma'lum. Bu ayni paytda yurtimizdagi tinchlik, barqarorlik, milliy taraqqiyot yo’lida amalga oshirilayotgan islohotlarga qarshi qaratilgan harakatlardir.

XXI asrda axborot urushining o’ziga xos jihati urush vositalari, uslublarining ko’paygani, takomillashganida ko’rinadi. Bugungi kunda bunday urush internetda, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar orqali ham olib borilmoqda.

Ayrim mutaxassislar tomonidan psixoterapiya metodlari yakka shaxsga qanday ta'sir etsa, axborot urushining metodlari ommaviy ongga shunday ta'sir qilishini ta'kidlashadi.

Axborot urushiga yaqqol misol sifatida “Sovuq urush” davrida ikkita blok o’rtasida kechgan kurashni keltirish mumkin. Usha davrda faol axborot va psixologik urush olib borish uchun bir qator OAVlar (“Ozodlik”, “Amerika ovozi”, “Nemis tulkini”, BBC radiostantsiyalari va h.k.) tashkil etiladi yoki bu jarayonga jalb etiladi.

Horij radiostantsiyalaridan birining rahbari o’z xodimlariga qarata shunday degan edi: “Bu (radio) – psixologik urush xizmati. Bizning tashkilot biz eshittirish olib borayotgan mamlakatlarda ichki tartibsizliklarni keltirib chiqarish uchun tashkil qilingan” .

Sovuq urush tugagan bo’lsa-da, ushbu OAVlar faoliyati tugatilmadi, balki ularning tashkilotchilari, ularni moliyalashtirib turgan davlatlar, xizmatlarning boshqa geosiyosiy maqsadlariga yo’naltirildi. Ular bugungi kunda ma'lum bir davlatlarga ta'sir qilish uchun bir taraflama, noxolis axborot tarqatishda, o’z usullarini takomillashtirishda davom etmoqda.

Tahlillar shuni ko’rsatadiki, yaqin va o’zoq davlatlarda sodir etilgan davlat to’ntarishlari (“rangli inqiloblar”, “arab bahori”) bu, eng avvalo, manfaatdor kuchlar tomonidan g’arazli maqsadga yo’naltirilgan tarzda aholiga nisbatan amalga oshirilgan axborot ta'sirining oqibatidir.

Axborot xurujlari ta'siriga eng ko’p beriladigan aholi qatlami bu yoshlardir. Afsuski, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal sur'atlar bilan rivojlanishi axborot tahdidlarining ham kuchayishiga olib kelmoqda. Internet vositasida ishlaydigan dasturlar, ijtimoiy tarmoqlar orqali juda katta oqimda ma'lumotlar almashishi ro’y bermoqda. Ular asosan qizikarli voqealar, gap-so’zlar, shou-biznes, sport xabarlari, yangiliklardan iborat. Biroq hech kim tashqi kuchlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlardan o’z maqsadi yo’lida foydalanmaydi, deb kafolat bera olmaydi. Misol uchun, Telegram messendjerida ba'zi bir guruhlarning ishtirokchilari soni 500 000 dan oshadi. Shunday guruhlar borki, unda asosan fahsh fotorasmlar, videolavxalar joylashtirilmoqda. Bu ma'naviyati, madaniyatida qusur bo’lgan shaxslarni o’ziga jalb qilish uchundir. Aynan shunday toifa kishilar o’zlariga javob berisha olmaydi. Keyinchalik bunday kanallarda siyosiy mavzuga taalluqli ma'lumotlar tarqatilishi va guruh a'zolarining fikrini o’zgartirishga, ma'lum bir yo’nalishga solishga harakat qilinishi mumkin.

Shuni ham qo’shimcha qilishimiz lozimki, ayrim horijiy OAVlar endigina boshlangan jarayonlarni ham noo’rin tanqid qilishga urinadilar. Vaholanki, har qanday islohot va jarayon birdagina takomillashmaydi, buning uchun vaqt kerak. har qanday jarayonning boshlanishida qiyinchilik va muammo bo’ladi. Ana shu holatni OAV tomonidan tanqid qilish esa shoshma-shosharlikdan, aniqrog’i, taraqqiyot yo’liga to’siq bo’lishdan, voqelikka bir tomonlama yondashishdan boshqa narsa emas.

Umuman aytganda, tanqid tizimli tahlilga asoslangan va xolis bo’lishi, islohotlarga ziyon keltirmasligi kerak. 

Milliy g’oya, mafkura, ma'naviyat tushunchalari, shu jumladan fuqarolarimizning vatanparvarligi axborot xurujlariga qarshi muhim omillardir. Bu yo’nalishda amalga oshirayotgan ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish.

Bir so’z bilan aytganda, biz axborot xurujlariga qarshi yangicha fikrlashimiz va ishlashimiz, bunday tahdidlarga javoban, biz xam, sodda bo’lmasdan, zarur chora-tadbirlarni ko’rishimiz kerak”.


    X.Meliyev