Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

E'LON: PAXTACHILIK FERMER XO’JALIKLARI DIQQATIGA

×

 2024-01-17 11:43:08    1031

PDF yuklash
Chop etish



“Urug’chilikni rivojlantirish markazi” DM Farg’ona viloyati boshqarmasi 2024 yil hosilidan urug’lik paxta, sabzavot, poliz, moyli, dukkakli, ozuqa va boshqa ekinlar yetishtirish bo’yicha fermer xo’jaliklari o’rtasida tanlov e'lon qiladi.

Tanlovga arizalar 2024 yilning 15 yanvaridan 1 fevralga qadar tuman Qishloq xo’jaligi bo’limi 1binosida qabul qilinadi. 

Fermer xo’jaliklarini tanlovda qatnashish 

ShARTLARI

1. Paxtachilikda eng ilg’or tajribaga ega bo’lgan fermer xo’jaliklarida urug’lik paxta yetishtirish amalga oshiriladi. Urug’lik paxta yetishtirish uchun tanlab olinayotgan fermer xo’jaligi paxtachilikda muntazam yuqori hosildorlikka erishgan bo’lishi kerak.

2. Urug’lik paxta, sabzavot, poliz, moyli, dukkakli, ozuqa va boshqa ekinlar yetishtiruvchi fermer xo’jaliklarining ekin yerlarini tuproq unumdorligi va meliorativ holati yaxshi, suv bilan ta'minlanishi qulay bo’lishi talab etiladi.

3. Fermer xo’jaligining rahbari va mutaxassislari urug’chilik sohasida yetarli bilim hamda tajribaga ega bo’lishlari lozim. 

4. Fermer xo’jaligi oxirgi 3 yilda paxta sotish shartnomaviy rejasini bajargan bo’lishi shart.

5. Agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida, sifatli amalga oshirish uchun yetarli qishloq xo’jaligi texnikalari va mexanizmlari bilan ta'minlangan bo’lishi kerak. 

6. Urug’lik paxta yetishtiruvchi fermer xo’jaligi tender tanlovi shartlariga, urug’lik paxta yetishtirish majburiyatlariga hamda urug’lik paxta uchun ustama xaq to’lov tartibiga to’liq rioya qilishi talab etiladi. 


TANLOVDA QATNAShISh UChUN TAQDIM ETILADIGAN XUJJATLAR RO’YXATI


1. Fermer xo’jaligi (sub'ekt) nomidan tilxat

2. Tuproq unimdorligi (bonitet ball) Tuman Q.X.B ma'lumotnomasi

3. Suv taminoti tuman Irrigatsiya tizimi boshqarmasi ma'lumotnomasi

4. O’simliklar karantini va himoyasi tuman bo’limi tomonidan berilgan ma'lumotnoma

5. Tuman axoli bandligiga ko’maklashish markazi ma'lumotnoma

6. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi tuman bo’limi tomonidan talabgorning mavjud qishloq xo’jaligi texnikalari bo’yicha berilgan ma'lumotnoma hamda texpasport nusxasi

7. So’nggi 3 yil ichida ekilgan qishloq xo’jaligi ekinlaridan olingan hosildorlik va shartnomaviy rejaning bajarilishi bo’yicha klaster korxonasi tomonidan berilgan ma'lumotnoma

  

  Hujjatlarni qabul qilish 2024 yilning

  1 fevral kuni 18:00 da to’xtatiladi.

Qo’shimcha ma'lumotlar uchun: 91-284-74-57 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.


https://t.me/oltiariqtumanihokimligi