Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"VATANPARVARLIK OYLIGI" TADBIRLARI

×

 2023-12-26 09:07:56    498

PDF yuklash
Chop etish


Oltiariq tumani Erkin Vohidov uy-muzeyida tuman Mudofaa ishlari bo’limi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi bo’limi hamkorligida "Vatanparvarlik oyligi"doirasida, o’smir yoshlar ishtirokida "Yangi O’zbekiston armiyasi - mamlakat qudrati, yuksak g’urur va sadoqat timsolidir!" shiori ostida uchrashuv o’tkazildi.

Tuman mudofaa ishlari bo’limi boshlig’i, podpolkovnik G’.Karamatov, mudofaa ishlari bo’limi VTXBB xodimi A.Zaitov hamda MMTBga qarashli 14-maktab harbiylashtirilgan sinf ChQBT fani rahbari, zahiradagi leytenant E.Karimov, "Axmad Al-Fargoniy avlodlari" xususiy nodavlat harbiylashtirilgan maktabi ChQBT fani rahbari, zahiradagi leytenant A.Sotvoldiyevlar tomonidan o’quvchi-yoshlarga harbiy vatanparvarlik, armiya xayoti hamda Oliy harbiy bilim yurtlarida tahsil olish yuzasisdan qiziqarli ma'ruzalar qilindi. Rahbar va yoshlar ishtirokida savol-javob va qizg’in muloqot o’tkazildi.
Shuningdek, tadbir davomida yoshlarga "Faxriy yorliq"lar topshirildi. Birgalikda muzey ekspozitsiyasi bilan yaqindan tanishdilar.